9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari. Reja: Boshqaruv maqsadi va ularga qo’yiladigan asosiy talablar. Boshqaruv maqsadi turlari



Yüklə 258,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix10.12.2023
ölçüsü258,39 Kb.
#139289
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari.

 
6.
Boshqarish funktsiyalari mohiyati, mazmuni, boshqarish asosiy funktsiyalarining
tarkibiy tuzilishi.
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z. 
“Funktsiya”
- bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi
vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. 


“Vazifa”
- bu amalga oshirilishi, hal qilinipsh lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, 
ko’zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal 
demakdir. 
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. Zero, funktsiya 
faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish 
korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati 
doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. 
Boshqarish funktsiyasn deganda u yoki bu ob’ektni boshqarshiga oid annq vazifalarnn 
hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. 
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, 
ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim 
shartidir. 
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faodiyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. 
Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: 

loyihalash; 

konstruktorlik; 

rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan botiq funktsiyalar paydo bo’ladi. Keyingi 
funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, 

mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 

mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; 

asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi. 

Yüklə 258,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin