9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari. Reja: Boshqaruv maqsadi va ularga qo’yiladigan asosiy talablar. Boshqaruv maqsadi turlari



Yüklə 258,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix10.12.2023
ölçüsü258,39 Kb.
#139289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari.

Tekshirish va baholash. 
 
Ma’lum o’rnatilgan vaqt o’tishi bilan bu bosqich boshlanadi. Bosqichning vazifasi 
maqsadlarga erishish darajasini aniqlaydi, muammolar sababini aniqlash, shaxsiy ehtiyojlarni 
aniqlash va samarali ish uchun rag’batlantirishdir. 
 
Moslashtiruvchi tadbirlar. 
 
Maqsadlarga erishilmay qolganda, sabablari aniqlanib, maqsadlar o’zgartiriladi. Ko’p xollarda 
asosiy sabab ishga bog’liq bo’lmaydi, balki struktura, vazifalar yoki texnologiya singari amalga 
bog’liq bo’ladi. Ana shunday vaziyatda bu omillar o’zgartirilishi mumkin. Agar maqsadlarga 
erishilgan bo’lsa, yana yangi davrga mo’ljallab maqsadlar o’rnatiladi. 
 
MVO dasturining darajasi. 
 
Maqsadlar bo’yicha boshqarishning ko’p tarafdorlari bor va ko’plab natijalarga erishilgan. 
Aniq maqsadga ega bo’lgan kishilarning unumdorligini maqsadga ega bo’lmagan kishilar 
unumdorligidan yuqori bo’lishini tasdiqlovchi qator tadqiqotlar mavjuddir. Aniq maqsadlarni 
qo’yilishi unumdorlikni oshiradi, chunki ishchilar aniq harakatga ega bo’ladilar. Xodimlarga ular 
ishining natijalari to’g’risida ma’lumot berish ham ularning unumdorligini oshiradi.
Shu bilan birgalikda, MVO dasturlari muvaffaqqiyatsizlikka ham uchrashi mumkin. Buning 
sabablaridan ham biri xodimlarni maqsadi o’rgatish jarayonida qatnashishlariga haddan tashqari 
katta e’tibor berishdir. Ko’p hollarda rahbarni MVO ning barcha imkoniyatlaridan yaxshi foydalana 
olmaydi. Masalan: ko’p xollarda mehnatga xaq to’lash va mukofotlash sistemasini o’zgartira 
olmaydi. 
MVO dasturini muvaffaqqiyatsizliklari sabablari: 
1.
Yuqori rahbarlar tomonidan qiziqish va qo’llab- quvvatlashning yo’qligi. 
2.
Qoidani buzilishi bo’ysinuvchilar ustidan nazoratni kuchaytiruvchi vositaga aylansa 
yaxshi samara bermaydi. 
3.
Maqsadni o’rnatilishidagi qiyinchiliklar. Ba’zi ish sohalarini va turlarini maqsadini 
baholash juda qiyin kechadi. 
4.
Idora ishlarini ko’payishi. Idora ish hajmi ortsa, ko’p rahbarlar qarshilik qiladilar. 
5.
Vaqt yetishmovchiligi. 
6.
Mos malakaga ega bo’lmaslik. 
7.
Shaxsiy manfatlarning yo’qligi yoki kamligi. 
8.
Boshqa sistemalar bilan bog’lamaslik. 
9.
Keraksiz o’zgarishlar strategiyasi. MVO dasturlarini loyixalash va amalga oshirishni 
rejalashtirish zarur. Qanday qilib loyixalashtiriladi va unda kimlar qatnashadi? Shunga o’xshash 
savollarga javob topish kerak. Shundagina MVO samara beradi. 

Yüklə 258,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin