9-mavzu. Gipermatn, multimediali axborot texnologiyalari. Reja



Yüklə 64,68 Kb.
səhifə7/7
tarix17.02.2023
ölçüsü64,68 Kb.
#123484
1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu. Gipermatn, multimediali axborot texnologiyalari

Passiv akustik tizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 vattdan) va yaxshi еshitilishli rostlagichga еga bo’lgan tovush platalariga ulanishi mumkin.
Aktiv akustik tizimlar kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin. Kolonkaga sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta’minot bloki bo’lishi mumkin, ular o’z navbatida ham ichki, ham tashqi bo’lishi mumkin. YAxshi еshitilishli rostlagichdan tashqari, aktiv kolonkalar, odatda, 3 qutbli еkvalayzerga еgadir. Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy audiokompleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin.
Multimediya texnologiyalari.
Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komputer multimedia - kompyuter deb ataladi.
Multimedia atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas. Multimedia printsiplarida qurilgan elektron ma’lumotnomalar (spravochnik), entsiklopediyalar, tarjimonlar va lug’atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot (meditsina), sport va boshqa sohalar bo’yicha turli entsiklopediyalar bor. Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlarini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim. Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafika-ning turli samaralari kabi dastur ob’ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi. Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi. Multimedia-kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin. Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama-videokarta zarur. Unga videokamera va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyutyerda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish yetarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyutyerda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor yyetarlidir. Tovushli (audio) va ayniqsa videoma’lumotni kompyutyerda saqlash uchun taqqoslaganda nihoyatda kichik sig’imlar kerak bo’ladi. Shu bois multimedia sifatiga ega bo’lgan dasturiy mahsulotlar (o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnoma, entsiklopediya, hordiq chiqarishga mo’ljallangan turli dasturlar) odatda kompakt disklarda tarqatiladi. Bunday mahsulotlardan foydalana olishimiz uchun CD-ROM deb ataladigan jamlovchi zarur bo’ladi. U bo’lmasa kompyuterni muhokama etilayotgan ma’nodagi imkoniyatlari, kompyuter o’yinlari bilan chegaralanadi. Tovush va video bilan ishlashni istagan foydalanuvchilar multimedia mahsulotlari kompyuter ma’lumotlari uchun mo’ljallangan doimiy xotiraga hamda SHKning mikroprotsessori, operativ xotirasi va videotizimga yuqori talablarni qo’yishini bilishlari lozim. Bunday yuqori sifatlar ayniqsa videoma’lumotlar bilan ishlashda zarurdir. Tabiiyki kelajakda bu yo’nalishdagi talablar yanada ortadi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari keng ekranli videoma’lumotlarni to’laqonli tasvirlash uchun yetarli bo’lmagani uchun bu ma’lumotlarni zichlashtirishga majbur bo’ladilar. Bu amal oddiy ma’lumotlarni zichlashtirishdan farqli o’laroq, mos ma’lumotning to’laqonligini yo’qotadi. Videomagnitofonlarni zichlashtirish uchun texnik hamda dasturiy vositalar mavjud audioma’lumotlarni ham zichlashtirish mumkin, mos hajmlar katta bo’lmagani uchun bu amal unchalik dolzarb emas.
Mavzu bo’yicha savollar
1.Zamonaviy gipermatnli texnologiya nima?
2.HTML tili nima?
3.HTTP bayonomasi qanday vazifa bajaradi?
4.Brauzer dastining vazifasi nima?
5. Multimedianing texnik dasturiy vositalarini aytib bering.
6. Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalarni sanab bering.
7. Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalarini sanab bering.
8. Video yozish va video tahrirlash vositalarini ishlash printsipini aytib bering.
9. Ma'lumot tashuvchi vosilarlarni sanab bering.
10. Ta'lim jarayonida mul'timedia texnologiyalaridan foydalanishni izohlab bering.
Yüklə 64,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin