9-MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA NEYROTEXNOLOGIYALARVASUN’IYINTELLEKT
Reja: 9.1. Sun’iyintellektningrivojlanishtarixi.Neyrotarmoqning xususiyatlari 9.2. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidaintellektualkapital 9.3. Intellektual resurslarni nshakllantirish va foydalanishmuammolari
O‘quv maqsadi: sun’iy intellektning rivojlanish tarixi va intellektualreruslardansamaralifoydalanishmexanizmlarnio‘rganishgadoirnazariybilimlarni shakllantirishdan iborat Tayanchiboralar:sun’iyintellekt,neyrotexnologiyalar,intellektualkapital,neyrotarmoq, intellektual resurs. 9.1. Sun’iyintellektningrivojlanishtarixi.Neyrotarmoqning xususiyatlari
Sun’iyintellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo‘lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy tugarakda paydo bo‘ldi.
«Intellekt» so‘zi lotincha «intellectus» so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi.Ingliz tilida “artificial intelligence” atamasi “mantiqiy mulohaza qilish qobiliyati” yoki “sun’iy aql” tushunchasida qo‘llaniladi. Sun’iy intellektning ko‘plab ta’riflari orasida quyidagilarda to‘xtalib o‘tamiz:
inson faoliyatining intellektual turlarini (o‘yinlar, naqshlarni aniqlash, tahliliy faoliyat va boshqalar) matematik, dasturiy yoki apparat modellashtirish muammolarini hal qiladigan ilmiy yo‘nalish;
ijodiy vazifalarni ishlay oladigan hamda shu haqidagi bilimlarni xotirada saqlydigan texnik yoki dasturiy tizim. Intellektual tizim uchta asosiy blokni o‘z ichiga oladi: ma’lumotlar bazasi, hisoblovchi hamda ixtisoslashgan dasturlarsiz ma’lumotlarni kiritish uchun kompyuterlar bilan aloqa qilishga imkon beradigan aqlli interfeys;
aqlli dasturlar yoki robotlarni yaratish vazifasi quyilgan informatika va axborot texnologiyalaridagi yo‘nalish;
tizimning tashqi ma’lumotlarni tahlil qilish va sharhlash, mustaqil o‘rganish va quyilgan muammolarni hal qilish uchun olingan bilimlardan foydalanish qobiliyati.
Sun’iy intellektli tizimlarga: axborot-kidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), xisob-mantiq tizimlari va ekspert tizimlari kiradi.
Xar qanday intellektual tizim, uning kaerda kullanishiga borlik bo‘lmagan xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning vazifasi — oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo‘lgan masalalarni echish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani echish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan sunggi foydalanuvchining xamma vositalarini uz ichiga oladi.
Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ekspert tizimlarining taxlili shuni kursatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-gayrati, sanoat va konstruktor-texnologik korxonalarda samarali kullanuvchi sistemalar yaratishga karatilgan.
Sun’iy intellekt haqida birinchi marta 1950-yillarda fikr yurita boshlandi, ya’ni axborot texnologiyalar sohasidagi yutuqlardan so‘ng kompyuterlarni "o‘ylashga" majburlash va odamlar tomonidan bajariladigan vazifalarni ularga yuklash g‘oyalari paydo bo‘lgan.
Sun’iy intellekt texnologiyasi odamlar kabi aqlli kompyuter yoki mashinalarning ixtirosiga asoslangan. YA’ni, insonning aqliy qobiliyatlarini o‘rganish natijasida intellektual dasturlar va tizimlar ishlab chiqilmoqda. Sun’iy aql - bu odamga o‘xshash kognitiv funksiyalarni bajaradigan mashina. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanish murakkab va majmuaviy vazifalarni hal qilishga, samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Internetning rasmiy manbalariga ko‘ra, 2018 yilda Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti sun’iy intellekt bo‘yicha Tavsiyanomani ishlab chiqishni boshladi.
Bugungi kunda yirik kompaniyalar sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirishga turli xil yondashuvlarni qo‘llashmoqda. Odatda, ushbu ishlanmalar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: masalan, mijozlarning yuzlarini tanib olish, mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish va individual takliflarni yaratish; xavfsizlik tizimlari (kiber firibgarlikni aniqlash, jinoyatchilik yo‘llari bilan topilgan pullarni legallashtirish); moliya bozorlaridagi savdo tizimlari.