9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja



Yüklə 385,5 Kb.
səhifə7/9
tarix01.12.2023
ölçüsü385,5 Kb.
#136863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

O‘ninchidan, ko‘plab olimlar, postindustrial jamiyat nazariyasi sohasidagi tan olingan mutaxassislar shuni qayd etadilarki, ishlab chiqarish usuligina emas, balki jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham o‘zgaradi. Paydo bo‘ladigan sinf turlicha ataladi: «meritokratiya» (merit - xizmat), ya’ni shaxsiy xislatlari tufayli ajralib turadigan odamlar; «kognitariat» - ya’ni xo‘jalikning axborot sektori xodimlari. Bunda postindustrial jamiyatni shakllantirish jarayoni olimlarga proletariatning katta qismini intellektual soha xodimlariga aylantirish, odatiy sinfiy nizolarni bartaraf qilish, meritokratiya tomonidan boshqariladigan ijtimoiy davlat vujudga kelishida bo‘lib ko‘rinadi. Bunda ko‘plab olimlarning qayd etishicha, shakllanadigan jamiyat nisbatan gomogen va sinfiy tafovutlardan xoli bo‘ladi. Bundan xulosa kelib chiqadiki, ekspluatatsiya tushunchasi, xuddi fenomenning o‘zi kabi, o‘tmishda qolib ketadi. Bunday fikr shunga asoslanadiki, hozirgi sharoitlarda asosiy ishlab chiqarish omiliga intellektual kapital, asosiy resursga esa – axborot aylanadi. Intellektual kapital mulkdori esa, birinchi navbatda, yollanma xodimlar toifasidan mulkdorlar toifasiga o‘tadigan xodimning o‘zi hisoblanadi. Intellektual kapital murakkabroq strukturaga ega. Darhaqiqat, ularning markazida
«intellektual kapital» tushunchasi va u bilan bog‘liq jarayonlar yotadigan ro‘y berayotgan jarayonlarga soddalashtirilgan qarash shakklanayotgan jamiyatni aynan shunday talqin kilishga imkon beradi. Lekin shunga qaramay, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning iqtisodiy mohiyatini tahlil qilish bizni rivojlanishning mazkur bosqichida ekspluatatsiya fenomen sifatida yo‘q bo‘lib ketmasligini, balki namon bo‘lishning tashqi shakllarini o‘zgartirishi, ya’ni yashirinroq jarayonga aylanishini tan olishga majbur qiladi.
Shunday qilib, asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsatgach, hosil qiluvchi tamoyillarning asosiy tizimlaridan kelib chiqib, postindustrial jamiyatni ta’riflash mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy tizim faoliyat ko‘rsatishining yangicha shartlari yangicha ishlab chiqarish resurslari – axborot va bilimlar hamda yangicha ishlab chiqarish omili – intellektual kapital paydo bo‘lishii asoslab beradi. bevosita ishlab chiqarish
jarayonida mehnat insonning asosiy faoliyati sifatida ijod bilan almashinadi. SHu munosabat bilan mehnat stimullari va motivatsiya o‘zgaradi. Nomoddiy omillar birinchi o‘ringa chiqib oladi.
Tabiiyki, bu ko‘rsatilgan o‘zgarishlarning barchasi iqtisodiy o‘sishni belgilab beradigan omillarga ham daxl qiladi. Birinchi navbatda, ta’kidlash joizki, axborot eng muhim ishlab chiqarish resurslariga aylanadi. Mos ravishda, axborot uzatish vositalari, shuningdek, uning ishonchliligini tekshirish uchullarining ahamiyati o‘sadi.
Zamonaviy iqtisodiyot fanida asosiy elementlardan biri sifatida bilimlar va axborotni o‘z ichiga oladigan ishlab chiqarish omili an’anaviy ravishda «intellektual kapital» deb ataladi. «Intellektual kapital» tushunchasi ilmiy bahs-munozaralarda faol qo‘llanishiga qaramay, adabiyotlarda hozirgacha ushbu toifaning umumiy bir ta’rifi mavjud emas, uning funksiyalari etarli darajada tadqiq etilmagan. Har bir iqtisodchilar va sotsiologlar maktabi ushbu ijtimoiy-iqtisodiy hodisani o‘zicha talqin qiladi. Lekin shunga qaramay, ular ushbu bunyodkorli resursi mavjudligi va uning ahamiyati o‘sib borayotganligi borasida yakdil fikr bildiradilar.
Bizningcha, «intellektual kapital» toifasini ta’riflashga quyidagicha yondashish zarur: birinchidan, intellektual kapital toifasining iqtisodiy mohiyati va funksiyalarga asoslangan holda; ikkinchidan, yuridik toifalarga asoslangan holda, ya’ni faqat ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy bazasida belgilab qo‘yilgan ob’ektlarni hisobga olib.
Intellektual kapital toifasini ta’riflashga bunday o‘zini oqlaydi, chunki uning iqtisodiy mohiyatini aniqlash intellektual mulkning yangi ob’ektlari paydo bo‘lishi bilan huquqiy bazani kengaytirish amaliy imkoniyatini beradi.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan intellektual kapital tushunchasi yuridik tushunchadan kengroq bo‘lib, nafaqat intellektual ijod vositalari va intellektual mehnat natijalariga huquqiy belgilangan muvofiqlik amal qiladigan ob’ektlar yig‘indisini, balki kishi shaxsiyatidan ajratib bo‘lmasligi va buyum holatida bo‘lmagan xususiyati tufayli yuridik belgilanishi mumkin bo‘lmagan kishining shaxsiy xislatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘plab olimlar inson kapitalini asosiy ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida tavsiflagan. Jamiyat iqtisodiy tizimining kelgusi rivojlanish jarayonlari ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining roli o‘sishiga olib kelishdan tashqari, uning ijtimoiy qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi etakchi o‘rnini ham belgilab berdi. Boz ustiga, aynan jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi ishchi kuchining inson kapitaliga aylanishiga e’tibor qaratishga majbur qildi. Ko‘rinib turibdiki, bu jarayonning asosida eng yangi ishlab chiqarish vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun malakali xodimlardan foydalanish zaruratigina yotmaydi. Asosiysi, xodim fikrlaydi va o‘z intellektuali kuchi bilan o‘ziga xos mahsulotlar – intellektual mahsulotlar yaratadi. Bundan tashqari, u o‘zining bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, eng yangi ishlab chiqarish vositalarini savodli boshqaradi, shu tariqa qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu turdagi rivojlanish, shuningdek, u bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilishni chuqurlashtirish ishchi kuchining intellektual funksiyalarini bevosita ajratisha olib keldi. Bu, shuningdek, boshqa ayrim omillar, jumladan, ishlab chiqarish jarayonini axborotlashtirish va intellektuallashtirish «intellektual kapital» atamasi paydo bo‘lishini asoslab berdi.
«Intellektual kapital» toifasiga yondashuvlarni tahlil qilish shu haqida gapirishga imkon beradiki, bu toifaga yuqorida aytib o‘tilgan pozitsiyalarga ikkita asosiy yondashuv mavjud.

      1. Intellektual kapital inson kapitalining bir qismini ifodalaydi va iste’mol samaradorligini oshirish, mehnat vaqtini tejash qobiliyatiga mustaqil harakatlarish, mehnat va hayot faoliyati usullarini uzatish, predmetli va faoliyatli shakllarda nou-xau bilan bog‘liq faoliyat almashinish o‘ziga xos sohasi vujudga kelishi bilan asoslanadi.

      2. Intellektual kapital tushunchasi inson kapitalidan ko‘ra kerngroq va murakkab tushuncha bo‘lib, mustaqil ishlab chiqarish resursi sifatida axborotni o‘z ichiga oladi.

Biz iqtisodiy samarani aniqlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun intellektual kapitalni tadqiq etishda ikki xil turdagi kapital – intellektual kapital va inson kapitali qiyosiy tavsifnomasigi amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz. Toifaning aniq ta’rifiga ega bo‘lmagan va uning iqtisodiy mazmuni bilmagan, ya’ni gap aniq nima haqida ketayotganini bilmagan holda jamiyatning qo‘shimcha mahsulotini ishlab chiqarishda u yoki bu ishlab chiqarish omili samarasiga ishonchli baho berish yoki uning samaradorligini aniqlash qiyin. Shu asnoda inson kapitali yoki intellektual kapital haqida gap borganda ko‘pincha shunday ro‘y beradi ham – bu atama nuqtai nazaridan ajratilgan, amalda bir-biriga mos keladigan, gohida bunga hech qanday ilmiy asoslarga ega bo‘lmagan holda bir-birining o‘rnini bosadigan tushunchalardir.
Mikrodarajada inson kapitali – ma’lum bir to‘plangan bilimlar va ko‘nimalar, qobiliyatlar, harakatchanlik, xodimlar bir-birining o‘rnini bosa olishi, qo‘yilgan vazifani tez va sifatli bajarishga imkon beradigan zaxiraga ega jamoadir. Asosiysi – ish haqi xarajatlarini oshirmagan holda doimiy ravishda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishnii oshirishdir.
Intellektual kapital bir tomondan, chiqarilayotgan mahsulot ishlab chiqarishda bevosita foydalaniladigan (ular shuningdek, resurs ham hisoblanishi mumkin) yoki korxona ishini tashkil qilishga imkon beradigan to‘plangan intellektual qobiliyat va maxsus bilimlarni ifodalaydi.
Xuddi mikrodarajada bo‘lgani kabi, intellektual kapital makrodarajada ham inson kapitali va strukturali kapitalning bir qismini ifodalaydi. Batafsil ko‘rib chiqishda aytish mumkinki, inson kapitalining uyg‘unlikdagi element sifatida intellektual kapitalga kiradigan qismi, shubhasiz, millatning madaniy, ma’naviy, intellektual salohiyati hisoblangan aholining eng uyushgan qismini ifodalaydi.

9.3. Intellektual resurslarni nshakllantirish va foydalanish muammolari


O‘rtacha zamonaviy yuqori texnologiyali korxona kapitallashuv umumiy ko‘rsatkichida bilimlarni kapitallashtirish ulushi 85%ga etdi. Bunda ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar to‘plamlari va h.k. ko‘rinishida qo‘riqlanadigan intellektual mulk shaklidagi bilimlar eng qimmatli hisoblanadi.


Bilimlar va axborotdan iqtisodiy resurslar sifatida foydalanishga ularning bilimlar va axborotni an’anaviy mahsulotlar va ishlab chiqarish omillaridan jiddiy farqlab turadigan va mos ravishda, ularni xo‘jalik aylanmasiga jalb qilishga ta’sir etadigan mohiyatga oid tavsifnomalari ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlar va axborotning umumiy xususiyatlari orasida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:

    • bilimlar va axborot ulardan foydalanish borasida kamayib qolmaydi va ko‘p marta foydalanilishi mumkin, axborot bir marta shakllantiriladi, lekin undan ko‘p marta foydalanish mumkin;

    • bilimlar va axborotni begonalashtirish mumkin emas - ular sifati va sonini yo‘qotmagan holda bir vaqtning o‘zida bir nechta iste’molchi tomonidan foydalanilishi mumkin;

    • bilimlar va axborot xarajatlariga potensial iste’molchilar soni ta’sir etmaydi;

    • bilimlar va axborot makonga bog‘liq emas, ular bir vaqtning o‘zida turli joylarda foydalanilishi mumkin, biroq ko‘pincha ular ma’lum bir vaqtda yoki ma’lum bir hodisa ro‘y berguncha qiymatga ega bo‘ladi, shundan so‘ng ular to‘liq qadrsizlanishi mumkin; bilimlarning ma’naviy eskirish sur’ati boshqa resurs turlaridan ancha yuqoridir;

    • tabiatiga ko‘ra bilimlar va axborot qaytarib berilmaydigan tarzda beriladi;

bilimlar va axborotga boylik ularning qiymatini pasaytirmaydi;

    • bilimlar va axborot qiymatini oldindan baholash qiyin; bilimlar va axborotni statistik va buxgalteriya nuqtai nazaridan baholash qiyinlashtirilgan, chunki ko‘pincha, masalan, tadqiqotchilik ishlarida va kadrlar tayyorlashda, kirishdagi xarajatlar va chiqishdagi natijalar o‘rtasida sezilarli iqtisodiy muvofiqlik yo‘q, shu sababli xarajatlar miqdori orqali intellektual mehnat natijalari qiymatini ishonchli baholashning imkoni bo‘lmaydi;

    • bilimlar va axborot nomoddiy bo‘lib, ob’ektivlashtirishga ehtiyoj sezadi (yozma, bosma, grafik, verbal yoki boshqa ramziy shaklda taqdim etilishi lozim).

Ularni turli boshqaruv ob’ektlari sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradigan bilimlar va axborot farqlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Agar axborot bir martalik taktik qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan bo‘lsa, bilimlar ko‘plab taktik va strategik qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi. Bilimlar bu – markazlashtirilgan shaxsiy yoki jamoaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, sinovdan o‘tgan, atrof-muhit mikromodelini shakllantiradigan axborot.
Bir qator iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bilimlarni qolgan resurslardan ajratib turadigan asosiy farq bu uning cheklanmaganligidir. Ushbu masala bo‘yicha quyidagi fikrni aytib o‘tish lozim:

  • moddiy va ijtimoiy muhit haqidagi bilim, garchi bilimlar miqdorining o‘zgarishi darhaqiqat cheksiz jarayon bo‘lib ko‘rinsada, doimo muayyan vaqt doirasida cheklangan bo‘ladi;

  • axborotni bilimga aylantirish tashkilot imkoniyatlari bilan cheklangan, ya’ni cheklovlar endogen xarakterga ega;

  • bilimdan resurs sifatida foydalanish muayyan tashkilotning va ijtimoiy-iqtisodiy tizimning imkoniyatlari bilan chegaralanadi;

  • bilim qiymati (kapitallashuvi) bozor muhiti talabi bilan chegaralanadi. SHunday qilib, bilimni turli tabiatdagi va o‘lchamdagi ijtimoiy-

iqtisodiy tizimlar sharoitlarida va muayyan vaqt oralig‘i doirasida ko‘rib chiqishda uni cheklangan deb hisoblash mumkin.
Bilimlarni boshqarish quyidagi muayyan imkoniyatlar beradi:

    • evolyusiya jarayoni qonuniyatlari, sabab-oqibat aloqalari va omillarni aniqlab, tizimning joriy holatini tushuntirish;

    • tizimning kelajakdagi ehtimoliy holatlari yig‘indisini aniqlash va ularga o‘tish dinamikasini boshqarish;

    • omillar asosida qaror qabul qilish va harakat qilish;

    • o‘zgarishlarga raqobatchilardan tezroq moslashish;

    • tranzaksiya xarajatlarini pasaytirish.

Bilimlarni boshqarish uchun ularni o‘rtacha muvofiqlik va tizimlilik belgilari bo‘yicha tasniflash foydalidir. Hayotiylik davrining ob’ekt va uning
rivojlanish qonunlarga mansubligi bo‘yicha uch xil turdagi muhitga mansub bilimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • moddiy-texnik muhit (artefaktlar muhiti);

    • ijtimoiy-iqtisodiy muhit;

    • tabiiy muhit.

    • tizimlilik nuqtai nazaridan bilimlarni quyidagilarga ajratish mumkin:

    • funksional bilimlar (tizimda ob’ektning rivojlanish dinamikasi va xususiyatlari);

    • kompozitli bilimlar (sabab-oqibat aloqalari va ularning o‘zgarishi);



Yüklə 385,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin