9-mavzu: SO‘NGGI O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYO ETNIK JARAYONLARNING YANGI BOSQICHIDA
REJA:
So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar yangi bosqichining boshlanishi.
Markaziy Osiyo bo‘ylab joylashgan xalqlar va elatlar: o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, afg‘on, uyg‘ur, oltoy elatlari, tibet xalqlarining etnik holati.
Dashti Qipchoq aholisi. XV-XVI asrlar o‘zbek xalqining shakllanishining uchinchi davri.
XV-XVI asrlar o‘zbek xalqining shakllanishining uchinchi davri.
Qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning xalq sifatida shakllanishi.
Markaziy Osiyoda etnik va xalqlarning sinkretlashuv jarayonlari.
Afg‘onlar, uyg‘urlar, tibetliklar, jung‘orlar.
Mintaqada yashab kelgan xalqlarning turmush tarzi.
Tayanch so‘z va iboralar: Turkiy elat, barlos, arlot, qipchoq, qang‘li, qarluq, arg‘in, dug‘lot, o‘g‘uz, arab, Dashti Qipchoq o‘zbek qavmlari, qozoq, qirg‘iz aholisi, o‘zbek tili, tojik tili.
So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar yangi bosqichining boshlanishi. Markaziy Osiyo bo‘ylab joylashgan xalqlar va elatlar: o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, afg‘on, uyg‘ur, oltoy elatlari, tibet xalqlarining etnik holati. Mahmud ibn Valining “Bahrul asror” (“Sirlar dengizi”), Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Abulg‘ozixonning “shajarayi turk va mo‘g‘ul”, “Shajarayi tarokima”, Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” (“Jannat bog‘i”), Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansob ul-salotin va tavorix ul-xavoqin” (“Sultonlar shajarasi va hoqonlar tarixi”), Fazlulloh Ruzbehonning “Mehmonnomayi Buxoro”, Xondamirning “Habib us-siyar”, Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Sharafnomayi shohiy” (“Podshohni sharaflovchi kitob”), Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullonoma”, Xoji Mir Muhammad Salimning “Silsilat us-salotin” (“Podsholar silsilasi”), Muhammad Kozimning “Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodir (shoh)ning jahonga bezak bo‘luvchi tarixi”), Hakimxon to‘raning “Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”), Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe’” (“Nodir voqealar”) asarlarida so‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan etnik jarayonlarning aks etishi.
Dashti Qipchoq aholisi. XV-XVI asrlar o‘zbek xalqining shakllanishining uchinchi davri. Markaziy Osiyoga Dashti Qipchoq o‘zbeklarining kirib kelishi va mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishi. Movarounnahr va Xorazmda «o‘zbek» atamasining keng qo‘llanila boshlanishi. XV-XVI asrlar o‘zbek xalqining shakllanishining uchinchi davri. Markaziy Osiyoga Dashti Qipchoq o‘zbeklarining kirib kelishi va mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishi. Qozoq, qirg‘iz, turkmanlarning xalq sifatida shakllanishi. Markaziy Osiyoda etnik va xalqlarning sinkretlashuv jarayonlari. Afg‘onlar, uyg‘urlar, tibetliklar, jung‘orlar. Hududda yashab kelgan xalqlarning turmush tarzi. XVI-XIX asrlarda qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tojik, afg‘on xalqlarining etnik shakllanishi.
Dostları ilə paylaş: |