17. Sodda yasama fe’llar berilgan qatorni aniqlang.
A. Achchiqlamoq B. Yurmoq C. Bunyod qilmoq D. Sindi-qoldi
18. Nutqiy faoliyat fe’llari qaysi qatordagi gapda qo`llangan?
A. Bola qiyqirib kular edi B. men ular bilan to`rt marta gaplashdim
C. Onaning ko`zlari ohista yumildi
D. Chegarachilar doimo sergak bo`lmog`i zarur
19. Fe’llarning munosabat shakllarini aniqlang.
A. Fe’l yasovchi qo`shimchalari B. Fe’l nisbat va egalik qo`shimchalari
C. Zamon, mayl, shaxs qo`shimchalari
D. Fe’llarda munosabat shakllari mavjud emas
20. -b (-ib) qo`shimchasi bilan yasalgan o`tgan zamon shakli qanday ish-harakatni ifodalaydi?
A. So`zlovchining o`zi ko`rgan ish-harakati
B. Harakatning ilgariroq bajarilgani C. Hozir ro`y berayotgan ish-harakatni
D. Ilgari ro`y bergan harakatning so`zlovchi tomonidan eshitib bilganini
21. Fe’llarning mayl shakli qaysi javobda noto`g`ri berilgan?
A. Xabar В. Majhul C. Buyruq-istak Mayli D. Shart
22. Otlarning tuzilishiga kura turi to‘g‘ri berilgan?
A. Juft otlar B. Narsa-buyum otlari C. O‘rin-joy otlari D. Shaxs otlari
23. Qanday qo‘shma otlar bar doim qo‘shib yoziladi?
A. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar
B. Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar
C. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli asoslardan tarkib topgan otlar
D. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan bo‘laklar
24. Faoliyat-jarayon otlari berilgan qatorni aniqlang.
A. Jarlik, bog‘bon, soylik B. Buloq, saylov, dorvoz
C. Dehqonchilik, uzumchilik, tintuv D. Daryo, tepalik, somsapaz
25. Makon-zamon sifatlari qaysi qatorda berilgan?
A. Uzum, qisqa, keng B. Bulturgi, yozgi, qadimgi
C. Xursand, g‘amgin, sho‘x D. Kamtar, egri, baland