Arpasini kim xom o‘ribdi – Nima yomonlik qilibdi?
Aqli kirdi – Es-hushli bo‘ldi
Baloga qolmoq – Jazoga duchor bo‘lmoq
Bag‘ri tosh – Bemehr, iltifoti yo‘q
Belni bog‘lamoq – Shaylanmoq, astoydil kirishmoq
Boshi ko‘kka yetdi – Behad sevinmoq
Burni ko‘tarilgan – Kibrlanmoq, gerdaymoq
Gapi bir goydan chiqdi – Fikr- o‘ylari mos keldi
Gah desa qo‘liga qo‘nadi – Juda itoatkor
Do‘ppisini osmonga otmoq – Juda quvonmoq
Yetti o‘lchab bir kes – Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rmoq
Yog‘ tushsa yalagudek – Nihoyat darajada toza, ozoda
Jag‘I ochildi – Ko‘p gapirdi
Joni xalqumiga keldi – O‘lar holatga keldi
Ilonning yog‘ini yalagan – O‘ta ayyor, mug‘ombir, quv
Kalavaning uchini topdi – Jumboqni hal qilish yo‘lini topdi
Kapalagi uchdi – Nihoyatda qattiq qo‘rqdi
Ko‘ziga issiq ko‘rindi – Tanish tuyilmoq
Ko‘zi to‘rt bo‘ldi – Intizor bo‘lmoq
Ko‘kka ko‘tarmoq – Nihoyatda maqtamoq
Ko‘ngli ko‘tarildi – Ruhlandi
Ko‘ngli oq – Samimiy
Ko‘ngli to‘ldi – Mamnun bo‘ldi
Ko‘ngli yumshoq – Rahmdil
Lafzi halol – Va’dasida turadigan
Lom- mim demadi – Gapirmadi, e’ tiroz bildirmadi
Mazasi qochdi – Sog‘ligi yomonlashdi
Misi chiqdi – Asl qiyofasi fosh bo‘ldi
Mum tishlab qoldi – Gapira olmay qoldi
Nomi chiqdi – Mashhur bo‘ldi
Oyog‘ini qo‘liga olib keldi – Tez keldi
Oralaridan qil o‘tmaydi – Juda inoq, ahil
Og‘zi qo‘log‘iga yetdi – Juda xursand
Oq-qorani tanidi – Hayot tajribasiga ega bo‘ldi
Terisiga sig‘may ketdi – Juda quvondi
Tili bir qarich – Maqtanishga haqli bo‘ldi
Tili shirin – Yoqimli gqpiradigan
Tilining uchida turmoq – Xotirasini tiklab ayta olmaslik
Tirnoq ostidan kir qidirmoq – Yomon niyat bilan aybni qidirmoq
Tishining kavagida saqlamoq – O‘ta ehtiyot bilan
Toqatlari toq bo‘ldi – Sabr-chidami tugadi
Xo‘rligi keldi – O‘ksinib yig‘lashga tayyor
Chehrasi ochildi – Xafagarchiligi tugadi
Esi chiqib ketdi – Nihoyatda qattiq qo‘rqdi
Yulduzni benarvon uradi – O‘ta abjir, chaqqon, chapdast
Qo‘y og‘zidan chop olmagan – O‘ta yuvosh
Qo‘li kaltalik qildi – Imkoniyati chegaralangan
Hafsalasi pir bo‘ldi – Biror ishni qilishga intilishi yo‘qoldi