A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
“ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHNING DOLZARB
MASALALARI”
o‘quv kursining
“ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA FANGA DOIR
NAZARIY BILIMLARNI OSHIRISH”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi
Toshkent 2022
1-Mavzu: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda fanga doir nazariy
bilimlarni oshirish
Reja:
1. Fanga doir nazariy bilimlarning ahamiyati.
2. Ona tili fanida nazariy bilimlarni oshirish yo‘llari.
3. Adabiyot fanida nazariy ma’lumotlar bilan ishlash.
1. Ona tili va adabiyot fanida deyarli barcha mavzular nazariy ma’lumotlar
bilan bog‘liq. Masalan, 5-sinf adabiyotida o‘quvchi maqol, topishmoq, hikoya,
ertak, she’r turlari haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishadi. Keyingi sinflarda
qissa, roman, xalq qo‘shiqlari, xalq dostonlari,
aruz vazni, g‘azal, ruboiy, tuyuq,
musammat turlari haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishadi.5-sinf adabiyotida
shunday ma’lumot bor:
“O‘zidа sаyohаt хоtirаlаri vа ulаr bilаn bоg‘liq
tаfsilоtlаrni аks ettirgаn nаsriy vа shе’riy аsаrni sаyohаtnоmа dеb аtаymiz.
«Sаyohаtnоmа» jаnri Shаrq аdаbiyotidа, jumlаdаn, o‘zbеk mumtоz аdаbiyotidа
o‘zigа хоs shаkllаnish vа rivоjlаnish tаriхigа egа. O‘zbеk аdаbiyotidа аlоhidа
pоetik shаkldа tаrtib tоpgаn, kеyinchаlik аdаbiy аn’аnа tusigа kirgаn bu jаnrning
аsоschisi Muqimiydir”.Ushbu ma’lumot bilan tanishishdan avval o‘quvchi
sayohatnoma namunasi bilan tanishgan bo‘lishi kerak,
Nazariy ma’lumotlar taqdim etishning yaxshi va yomon jihatlari bor.
Masalan, haddan ortiq nazariya o‘quvchi tasavvurida fanning qiyinlashuvi,
o‘zlashtira olmaslik qo‘rquvini paydo qiladi. Shuning uchun nazariyani o‘quvchiga
taqdim etayotganda ularning yoshi va ruhiy holati inobatga olinadi. Nazariy
bilimlarni oshirishning eng samarali usuli bu
soddadan murakkabga qarab
borishdir.
Maktab amaliyotida mashqlar o‘tkazish uchun o‘quvchilarning nazariy
bilimlariga murojaat qilishning ba'zi yo‘llari belgilangan. Bu ishning eng keng
tarqalgan, lekin eng kam samarali usuli dars rejasida ko‘zda
tutilgan mashqlarni
bajarishda tayaniladigan ma'lum tushunchalar va qoidalarni og‘zaki qayta
tiklashdir. Mashqlarni bajarishdan oldin nazariy materialni takrorlashning
samaraliroq usuli mazkur materialni qo‘llash bo‘yicha
amaliy topshiriqlarni
qo‘yishdir. Bunday topshirmalarga tanlanma diktant o‘tkazishda ma'lum so‘zlar
yozishni, nutqning ma'lum bo‘laklarini qisqa vaqt ichida tahlil qilishni, nutqning
ahamiyatli qismlarini ajratishni, didaktik tarqatma material bilan ishlashda ma'lum
orfomalarni qayd qilishni, masalalar yechishda asos bo‘ladigan matematik ifodalar
bilan ishlash va hokazolarni kiritish mumkin.
Mashqlar o‘tkazishda nazariy materialga murojaat
qilishning navbatdagi
usuli o‘quvchining keyingi amaliy ishni bajarishdan oldin uning yo‘llarini
asoslashidir. Amaliy ishlarni bajarish vaqtida nazariy asoslash pedagogik jihatdan
o‘zini oqlagan. Bu usulni ikki variantda bajarish mumkin. Bular navbatdagi ishni
keng tushuntirish va sharhlashdan iboratdir. O‘quvchilar bilan ularning
tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarini to‘ldirish bo‘yicha
ishlashda navbatdagi
ishlarni keng tushuntirish o‘zini ancha oqlagan. Bunda avval o‘quvchidan keng
mushohada yuritishni talab qilish lozim va talabni bajarish esa hisoblash usulini
chuqurroq anglashni ta'minlaydi.