➢
Instruktsiya – qoʻllanma (ishni bajarish uchun koʻrsatma, qoidalar,
ustavlar, qonunlar) 5%.
Yaxlit boʻlmagan matnlar:
➢
Grafiklar –11%;
➢
Diagrammalar –3%;
➢
Jadvallar –11%;
➢
Kartalar –3%;
➢
Hujjat namunalari – (soliq hujjatlari, tashrif qog‘ozlari, anketalar) –3%;
➢
Axborot qog‘ozlari va e’lonlar -2%.
Savodxonlikni baholashda quyidagi besh jihatni hisobga olinadi:
1) Matn mazmunining umumiy orientatsiyasi va uning mantiqiy butunligini
tushunish (20% topshiriqlar);
2) Ma’lumotlarni aniqlash (20%);
3) Matnni sharhlash, izohlash (30%);
4) Matn mazmunini tahlil qilish, mushohada yuritish (15%);
5) Matnning uslubi ustida fikr yuritish (15%);
Oʻqish savodxonligining barcha jihatlari bir-biri bilan oʻzaro bog‘liq. Ikkinchi
jihatining muvaffaqiyatli ado etilishi birinchisining toʻg‘ri bajarilishiga bog‘liq.
Matnni toʻliq tushunish oʻquvchilarni har bir jihat boʻyicha chuqur bilimga egalik
darajasini koʻzda tutadi.
Matn mazmunini nimaga qaratilganligini aniqlash va uning ma’no butunligini
tushunish uchun bosh mavzuni umumiy maqsadini yoki matndan koʻzlangan
maqsad nimaligini aniqlash lozim. Buning uchun oʻquvchining oʻziga
matnga
sarlavha oʻylab topish, matnning umumiy ma’nosini anglatuvchi tezis tuzish,
matnda koʻrsatilgan yoʻl-yoʻriqlar tartibini tushuntirish,
grafik yoki jadvallarning
asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iboratligini aniqlash, karta yoki rasmning
maqsadini aniqlash kabi vazifalar beriladi.
Umuman
matnni
tushungan-tushunmaganini
aniqlashga
qaratilgan
topshiriqlar oʻquvchilarga matnning bir qismi va savol koʻrinishidagi
umumiy
g‘oyasi oʻrtasidagi moslikni, matn qismi va muallif tomonidan berilgan oʻziga xos
izoh oʻrtasidagi moslikni aniqlash uchun berilishi mumkin.
Matn g‘oyasining berilgan ta’riflar orasidan umumiyrog‘i, asosiyrog‘ini
tanlashni taklif qilish oʻquvchining asosiy g‘oyani ikkinchi darajasidan ajrata olish
mahoratini koʻrsatadi.
Topshiriqlarni bajarish uchun oʻquvchi matnning tuzilishi, janr xususiyatlari
haqidagi bilimga, matndagi istehzo, yumor soʻz ifodalangan ma’no nozikliklarini
payqashi, muallif fikrini anglashi va tasvirlanganvoqea
hodisaga muallif bergan
bahoni farqlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Matn uslubini anglashni koʻrsatadigan topshiriqlar ish faoliyatining aynan
tanqidiy tahlil, tasvirning muallif oʻylagan g‘oyaga mosligi yoki matnning uslubiy
sharh sifatida oʻz maqsadiga mosligini baholash va boshqa usullarini kuchaytiradi.
”Savodxonlik” atamasi aynan oʻquvchilarning olgan bilimlarini kundalik
hayotga tadbiq eta olish mahoratini ta’kidlash uchun qoʻllaniladi.
Masalan, funktsional oʻqish (xizmatga, ishga oid) deganda oʻquvchining
ma’lumot olishi
va uni baholash mahorati, diagrammalarni oʻqish, matndagi
bog‘liqliklarni (aloqani) topish, izohlash, sharhlash,
xulosa chiqarish mahorati
nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: