1-savol. Rasmda shahar aholisi uchun ichimlik suvini yetkazib berish sxemasi
berilgan. Toza ichimlik suvi olish uchun yaxshi manba boʻlishi kerak. Bunday suv
yer osti – grunt suvi hisoblanadi.
Topshiriq: grunt suvida koʻl yoki daryo suviga koʻra bakteriyalarning kam
boʻlishini bitta boʻlsayam sababini keltiring.
2-savol.Suvni tozalash bir necha bosqichda amalga oshadi. Rasmda suvni
tozalashning 4 bosqichi koʻrsatilgan. 2-bosqichda suv tindiriladi. Topshiriq: bu
bosqichda nima sodir boʻladi?
A. Suvdagi bakteriyalar nobud boʻladi
B. Suvga kislorod qoʻshiladi
S. Qum va turli qattiq moddalar suv tubiga choʻkadi
D. Zaharli moddalar eriydi.
3-savol. 4-bosqichda suv xlorlanadi. Nima uchun xlorlanadi?
4-savol. Suv tozalash inshooti xodimlari jarayon tugagandan keyin suv tarkibida
zararli bakteriyalar aniqlandi. Siz uyda Shunday suvni iste’mol qilishdan oldin
qanday choralar koʻrasiz?
5-savol. Ifloslangan suv quyidagi kasalliklarni keltirishi mumkinmi?
Javobingizni
«Ha» yoki «Yoʻq»
tasdig‘i bilan belgilang.
Ifloslangan suv quyidagi kasalliklarni
keltirishi mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: