Topshiriqni bajarilishini baholash
Faoliyat:
kommunikativ koʻnikmalarni namoyish etish: xulosalarni toʻg‘ri, aniq
shakllantirish va isbotlab berishga qaratilgan.
Mazmun: Yer haqidagi fan
Vaziyat: Global
Kod 3(1): 3ta elementning hammasi keltirilgan javob beriladi:
Birinchi element: kislorod molekulasi yoki kislorod molekulalari (har biri
ikkita kislorod atomidan iborat) ikkita kislorod atomiga boʻlinadi (1-rasm).
Ikkinchi element: Parchalanish (kislorod molekulalari) quyosh nurlari ta’sirida
sodir boʻladi (1-rasm).
Uchinchi element: kislorod atomlari boshqa kislorod molekulalari bilan birikib,
ozon molekulalarini hosil qiladi (2 va 3-rasm).
Savol 6: OZON S253Q02
Ozon Shuningdek momaqaldiroq vaqtida ham hosil boʻladi. Umomaqaldiroqdan
soʻng oʻziga xos hid bilan ajaraladi. Matnda muallif “yaxshi” va “yomon” ozonning
farqni keltirgan.
Matnda keltirilgan terminlardan foydalanib, momaqaldiroq vaqtida hosil boʻlgan
ozon“yaxshi” va “yomon” ekanligini ayting.
Matndan javob va xulosani ajrating.
Yomon
Yomon ob-havoda hosil boʻladi
Yomon
Troposferada hosil boʻladi
Yaxshi
Stratosferada hosil boʻladi
Yaxshi
Hidi yaxshi
Topshiriqni baholash
Faoliyat:
Dalillarni aniqlash yoki xulosalarni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan
axborotni (ob’ektlar, faktlar, eksperimental ma’lumotlar va boshqalar) tanqidiy
baholash
Mazmun: Yer haqidagi fan
Vaziyat:
Global
Kod 1
: Javob B – “Yomon. Troposferada hosil boʻladi.”
Kod 0
: Boshqa javoblar.
PISA TADQIQOTLARIDAN KELIB CHIQADIGAN SABOQLAR
−
Aksariyat oʻquvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, ya’ni
zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetentsiyalariga
toʻlaqonli ega emaslar.
−
Maktab ta’limi koʻp jihatdan bu kompetentsiyalarni shakllantirishga
yoʻnaltirilmagan.
−
Oʻquvchilar egallagan bilim va koʻnikmalarini qaerda ishlatilishini
bilishmaydi.
−
Hali ham koʻp maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilayapti, ya’ni
tayyor bilimlar berilayapti. Aslida maktab oʻquvchilarni “oʻrganishga
oʻrgatishi” lozim, ya’ni mustaqil bilim olishga oʻrgatishi kerak boʻladi.
−
Darsliklar va undagi oʻquv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani
bajarishga moʻljallanmagan.
|