A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 493,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix18.10.2023
ölçüsü493,26 Kb.
#130567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kWdaUIN6OTs7mkIsF7WWGeyDf8JAlhpu2PPv1Jyi

Global innovatsion indeks 
hizmat 
qiladi. 
Global innovatsion indeks 
(bundan buyon GII) innovatsion faoliyat toʻg‘risidagi 
eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat 
vositasi sifatida dunyo miqyosida e’tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy 


rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qoʻllanilishi 
hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq. Jamiyat va 
davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni 
mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va 
sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va 
texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. 
Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi 
PF-5544-son 
“2019–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion 
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻg‘risida” Farmonida Oʻzbekiston 
Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha 
jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan. 
GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili doirasida 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic 
Cooperation and Development (OECD)) oʻquvchilarni Xalqaro baholash dasturi 
(Programme for International Student Assessment (bundan buyon PISA baholash 
tadqiqoti))da olingan koʻrsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. 
PISA – turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini ( oʻqish, 
matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini 
baholovchi test. 78 ta mamlakatda oʻtkaziladi. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000 
nafargacha oʻquvchi test sinovlariga jalb etiladi. 
 


PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi:

Yoshlar kelajakda oʻzlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay 
darajada tayyor? 

Oʻquvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash 
hamda oʻz g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi? 

Oʻquvchilar qay darajada oʻz bilim va koʻnikmalarini real hayotga tatbiq 
etish qobiliyatiga ega? 
PISA ning asosiy maqsadi maktabni tugatgandan soʻng oʻquvchilar faol hayotiy 
pozitsiyani egallashlariga imkon beradigan chuqur bilimga egalik darajasini 
baholashdir. 
Oʻquvchilar tayyorgarligini baholash uch yoʻnalishda (Oʻqish savodxonligi, 
Matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) boʻyicha amalga oshiriladi. 
Bularning har biri ma’lum bir oʻquv faniga mos keladi. Asosiy e’tibor oʻquvchilar 
asosiy tushunchalarni anglashiga, yuqorida koʻrsatilgan uch yoʻnalish doirasida 
oʻrganilayotgan asosiy usullarni egallashlariga va oʻz bilimlarini turli vaziyatlarda 
ishlata olish qobiliyatiga qaratiladi. 
Baholashda oʻquvchilarni oʻquv fanlarini toʻliq mazmun mohiyatini 
oʻzlashtirishiga alohida e’tibor qaratilmaydi. Tadqiqotda hayotda kerak boʻladigan 
bilim, koʻnikma va malakalarning oʻzlashtirilishiga hamda oʻquvchilarni fanlarning 
oʻzaro bog‘liqligidan xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi. (oldiga qoʻyilgan 
masalani yechishda turli fanlarni oʻrganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki 
boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor 
beriladi). 
PISA dasturida oʻquvchilarning matematik savodxonligi 54 ta topshiriq (84 ta 
savol), oʻqish savodxonligi 8 ta topshiriq ( 28 ta savol), tabiiy fanlardan bilimi 13 ta 
topshiriq (35 ta savol), Shu yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning kompetentliligi, 
muammolarni yecha olish koʻnikmalari 10 ta topshiriq (19 ta savol) yordamida 
aniqlanadi. 
Savollarning 50 foizi javobi tanlanadigan (test) boʻlsa, 12 foiz savollarning 
javoblari oʻquvchi tomonidan aniq soʻz yoki raqamlar vositasida ifodalanishi, 
savollarning qolgan qismiga oʻquvchi erkin javob yozishi kerak boʻladi. 
Ba’zi bir topshiriqlaraynan bir hayotiy vaziyatlarga doir, turli murakkablikka ega 
bir necha savoldan iborat boʻladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Bunda bir 
guruhdagi topshiriqlar bir necha variantga kiritilishi mumkin. Oʻquvchilar haqidagi 
ma’lumotlaranketa soʻrovnomasi yordamida toʻplanadi. (anketani toʻldirishga 40 
daqiqa ajratiladi). 
Maktab ma’muriyati ham qisqacha anketa toʻldiradi, maktab xodimlarining soni, 
oʻqituvchilar mustaqilligi, maktab resurslari, tajribalari haqida ma’lumotlar toʻplash 


amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan oldindan belgilangan omillarning ta’lim 
natijadorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Dastlabki qadamlarda (1999-yili) PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli 
oʻquvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash 
masalasini qoʻyganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yoʻnalishlaridan biri sifatida – 
15 yoshli oʻquvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun 
matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yoʻnalishini 
belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat boʻlib, bunda har 9 yilda boshqa 
yoʻnalishlarga nisbatan matematika yoʻnalishiga kattaroq e’tibor qaratiladi. 2021-
yildagi asosiy yoʻnalish – matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot natijalari 
har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi koʻrsatkichlar bilan birga 
e’lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga oʻz yutuqlarini boshqa 
mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi boʻyicha 
siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi. 
2015-yil tadqiqotlarining qiziqarli natijalari:
Tabiiy fanlar 

Singapurlik maktab bolalari fanlar boʻyicha imtihon-sinovlarda ishtirok 
etayotgan boshqa davlatlar vakillarini ortda qoldirgan. 

Ishtirokchilarning faqat toʻrtdan biri kelajakda fan bilan Shug‘ullanishga 
qaror qilganini bildirgan. 

Oxirgi oʻn yil ichida Kolumbiya, Isroil, Xitoy, Portugaliya, Qatar va 
Ruminiyada maktab oʻquvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirish darajasi sezilarli 
darajada oʻsgan. 
Matematika 

Matematika boʻyicha imtihon-sinovlarda Osiyo mamlakatlari vakillari 
boshqalardan ancha oʻzib ketgan. 

Oxirgi uch yil ichida Albaniya, Kolumbiya, Montenegro, Peru, Qatar va 
Rossiyaning oʻrtacha koʻrsatkichi sezilarli darajada oʻsgan. 
Oʻqish (tez va ifodali oʻqish) 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari – AQSH, Yaponiya, 
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Turkiya 
davlatlari, Shuningdek Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 25 mamlakat)ga a’zo 
davlatlardan ishtirok etganlarning 20 foizi oʻqish sohasida bazaviy bilimga ega 
emas. 
Gender 

Oʻg‘il bolalar qiz bolalarga qaraganda fanlarni oʻzlashtirishda yaxshi 
koʻrsatkichga ega. Ishtirokchi davlatlarning faqat toʻqqiztasi buning aksi kuzatilgan. 

Oʻg‘il bolalar oʻzlarining ilm-fanga boʻlgan qobiliyatlariga qiz bolalarga 
qaraganda qoʻproq ishonishadi. 



Dunyo boʻyicha ifodali oʻqish borasida qiz bolalar oʻg‘il bolalarni ortda 
qoldiradi. 
Imkoniyatlar tengligi 

Kanada, Daniya, Estoniya, Xitoy ta’lim olish imkoniyatlari va huquqlar 
tengligi masalasida ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega. 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlarda maktab 
oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga bog‘liq 
ekan. 
Davomat 

Maktab oʻquvchilarining koʻp dars qoldirish holatlari boʻyicha birinchi 
oʻrinda Montenegro (60 foiz), ikkinchi oʻrinda Italiya (55 foiz) qayd etilgan. 
Uchinchi oʻrinda keltirilgan Turkiya soʻnggi uch yilda koʻrsatkichlarini ancha 
yaxshilab olgan. 

Muntazam dars qoldiruvchilar sinov-imtihonlarda juda past natija 
koʻrsatishgan. 

Yüklə 493,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin