A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 493,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix18.10.2023
ölçüsü493,26 Kb.
#130567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kWdaUIN6OTs7mkIsF7WWGeyDf8JAlhpu2PPv1Jyi

MALAKA.
2. Kimyoviy jarayonlar
Quyidagi rasmda koʻrsatilanidek pufak ichidagi natriy gidrokarbonat sirka kislota 
bilan aralashtirilsa shishadi. Nima uchun bu hosil boʻladi?


Kimyoviy reaktsiya natijasida ajralayotgan energiyaning koʻzga koʻrinadigan 
bitta belgisini yozing.
3. Moddalarning sinflari va xossalari
Avtomobil bankaning ustidan yurib uni butunlay ezib yubordi. Quyidagi qaysi 
izoh bankaning atomlariga mos keladi? 
 
A. Atomlar boʻlinadi 
V. Atomlar yassilangan 
S. Atomlar avvalgi kabi qolgandi 
D. Atomlar boshqa atomlarga aylanadi 
Ekspertlarning xulosasi: 
Asosiy maqsad oʻquvchilarning tabiiy fan savodxonligi va ushbu maqsadga 
erishishning asosiy vositasi tabiiy fanlarni ilmiy bilimga asoslangan oʻrganishdir. 
Maktabda tabiiy fanlarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishda oʻzgarishlar zarur. 
Oʻqitish jarayoni oʻquvchilar tomonidan turli xil shakllarda taqdim etilgan 
ma’lumotlarni tahlil qilish, tajriba natijalarini asoslash va muhokama qilish, savollar 
berish va tadqiqotning asosiy bosqichlarini rejalashtirish, natijalarni prognozlash 
(“nima sodir boʻladi ...”) kabi qobiliyatlarni shakllantirishga yordam berishi kerak.
Tabiiy fanlarni oʻrganishda dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlardagi kabi 
uzluksizligini amalga oshirish tavsiya etiladi. Maktabda dastlabki tadqiqot 
qobiliyatlarini shakllantirish, tabiatShunoslik savodxonligi va ilmiy qarashlarini 
asoslash vazifasi fizika, kimyo va biologiya fanlarini kompleks tarzda oʻqitilishi 
kerak.
Zamonaviylashtirilgan dasturlarga asoslanib, tabiiy fanlar uchun yangi darsliklar 
va oʻquv majmualarini ishlab chiqish zarur. Ushbu darsliklarda va oʻquv 
qoʻllanmalari oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini va faoliyatini shakllantirish uchun 
ilmiy uslublar va tavsiya etilgan metodologik vositalar (ijodiy topshiriqlar, tadqiqot 
oʻtkazish, dastlabki ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar) asosida 
oʻrganishga yondashishni aks ettirishi kerak. 

Yüklə 493,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin