boshlaydi. O‘quvchilarning geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish
va chuqurlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
•
Geometrik figuralar va ularning elementlarini tasvirlab bering.
•
Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarini yasab bering.
•
Berilgan figuralarni to‘plamlarga ajratib bering (rangidga, shakliga ko‘ra)
•
Berilgan figuralarni qismlarga ajratib bering va bu qismlardan boshqa
figuralar yasab bering.
•
Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklini aytib bering.
•
Shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qib bering.
Bundan tashqari o‘quvchilarning geometrik shakllar haqidagi tushunchalarini
rivojlantirish uchun geometrik
modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar,
plastilin, sim va iplardan figuralarning modellarini yasash, qog‘ozda
geometrik
figuralarni chizdirishdan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari,
tekislikdagi holatini
nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy
belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish
kerakki, o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu
figuralar tasavvurning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘ri
to‘rtburchakni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uning
ikki asosiy sifati- barcha
burchaklari to‘g‘ri ekanligini va qarama-qarshi tomonlari parallel ekanligini
tushunib yeta olishi kerak.
Geometrik shakllarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga “Uchburchak
nima?” degan savolni berish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki “kesma”, “to‘g‘ri chiziq”,
“nur”, “uchburchak”, “kvadrat” kabi tushunchalar noaniq
tushunchalar qatoriga
kiradi. Shuning uchun “Uchburchak haqida nima deya olasiz?” degan savol berilsa,
o‘quvchilar o‘z bilim doirasida ushbu savolga javob bera oladilar.( uchta burchagi,
uchta tomoni bor).