A. Avloniy nomidagi xalq ta‘limi muammolarini o`rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror qabul qilishi



Yüklə 27,76 Kb.
səhifə3/3
tarix21.11.2023
ölçüsü27,76 Kb.
#133492
1   2   3
G5c7TOwbTjrWnqOmRi5c39rx3eMbBy052L4PZNeu

3. Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror qabul qilishi
Mehnat huquqiy munosabatlarda ish beruvchi va xodim o‘rtasida bir qator masalalar yuzasidan nizoli vaziyatlar kelib chiqishi mumkin. Jumladan, ishga qabul qilishda, mehnat shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida, taraflarning moddiy javobgarliklari bilan bog`liq bo‘lgan, xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash va shu kabi bir qator vaziyatlar yuzaga keladi. Ushbu holatlarda rahbarlar, ya’ni ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, normativ-huquqiy hujjatlarda keltirilgan qoidalarga asoslangan tarzda qaror qabul qilishi lozim bo`ladi. Buning uchun rahbar u qaysi sohada rahbarlik qilishidan qat‘iy nazar ushbu qonun hujjatlarini yaxshi bilishi, hech bo‘lmaganda tanish bo`lishi shart.
Ishga qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan nizoli vaziyatlar asosan voyaga yetmaganlarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq. Mehnat kodeksiga ko`ra ishga qabulishdagi eng kichik 14 yosh. Bunda ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, yoxud vasiy yoki homiylarning yozma roziligi asosida ishga qabul qilish kerak. Lekin ularni ishga olish vaqtida rahbar bir qator kechlovlar qo`yishga xaqli bo`ladi bu mehnat qonunchiligimizga ko‘ra kamsitish deb hisoblanmaydi. Jumladan sog‘lig‘i, xavfsizligi, axloq-odobiga zarar yetishi mumkin bo‘lgan og‘ir mehnat sharoitlarida ishga qabul qilinmasligi va mehnat shartnomasini tuzishni rad etishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasidan yozma rozilik olish voyaga yetmagan shaxsning o‘sha soha bo‘yicha mutaxasisilikka ega bo‘lish layoqatini ham anglatadi.
Ishga qabul qilishda xodimlardan talab qilinadigan hujjatlar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport, voyaga yetmaganlardan tug‘ilganlik haqida guvohnoma);

  • Mutaxasislik bo‘yicha diplom;

  • Sog‘lig‘i holati bo`yicha ma`lumotnoma;

  • Mehnat daftarchasi (ilk bor ishga qabul qilinayotgan shaxslardan talab qilinmaydi);

Rahbar qonunlarda ko‘rsatilgan tartibda xodimlar bilan mehnat shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilishga xaqli. Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko’ra xodimga intizomiy jazo choralarini qo`llashi mumkin. Jumladan, ogohlantirish. Xodim o‘z mehnat vazifasini suistemol qilgan taqdirda qo`llaniladi. Xayfsan intizomiy jazo choralari sirasiga kiradi. Intizomiy jazolar 1yil muddatga amal qiladi. Agar xodim 1 yil ichida yana mehnat qonunchiligini buzgan taqdirda ish haqqining 30 foizi miqdorida jarima beriladi. Takror sodir etilgan vaqtda 50 foiz miqdorida jarima belgilanadi va yana sh holat takrorlansa mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish bilan mehnat shartnomasini bekor qilish oralig`i ikki oydan kam bo`lmasligi zarur. Chunki xodim bu vaqt oralig‘ida o‘ziga boshqa ish qidirishi lozim. Mehnat shartnomasini bekor qilish yoki, intizomiy jazo choralarini qo`llashga xodimning ish vaqtida ish joyida bo‘lmasligi, muttasil kech qolib kelish, spirtli ichimliklar iste’mol qiligan holda ishga kelishi va shu kabi bir qancha sabablar mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Qonunchilikda ko‘rsatilmagan tartibda intizomiy jazo choralarini qo‘llash, yoki mehnat shartnomasini bekor qilish ta`qiqlanadi.


1 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.

2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat. 2022.6-bet.

3 O`zbekiston ResMehnat kodeksi. 4-bet.

Yüklə 27,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin