A.Avloniy nomidagi xalq ta‘limi muammolarini o`rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari yoki
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo`yicha “Boshlang‘ich sinflarda AKT dan foydalanish usullari” o‘quv kursining “ Boshqaruvda huquqiy mehnat munosabatlari” mavzusidan ma‘ruza matni
Ma`ruzasi:Mavlonberdiyev Murodjon Ubaydulla o‘g‘li
Toshkent 2022 1-Mavzu. Boshqaruvda huquqiy mehnat munosabatlari
Reja: 1. Mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari 2. Mehnat munosabatlariga kirishishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
3. Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror qabul qilishi
Annotatsiya Ushbu ma`ruzada boshqaruv sohasidagi mehnat huquqiy munosabatlarini amalga oshirishda xalqaro va milliy qonunchilik asosida ishlarni to‘g‘ri tashkil etish lozimligi qayd etiladi. Mehnat munosabatlari qatnashchilari, ularning huquq va majburiyatlari, mehnat daftarchasini ochish, intizomiy jazo choralarni qo‘llash mumkin bo`lgan holatlar, hamda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari haqida so‘z boradi.
1. Mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari
Insoniyat paydo vaqtlardan buyon u mehnat qilib keladi. Insonning dastlabki mehnat jarayoni ovchilik va termachilikdan iborat bo`lgani hech kimga sir emas. O‘zganing mehnati mahsulini kuch ishlatish yo`li bilan o`zlashtirish oqibatida ming yillar davomida qulchilik tuzumi yashab keldi. Insonlar o`z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotlar aksariyat holatlarda o‘ziga tegmagan. Shu boisdan ham insoniyat adolatli mehnat sharoitlari uchun juda og‘ir kurashlarni boshidan kechirgan. 14-16 soatlab tinimsiz mehnat jarayonlarga hatto yosh bolalar, ayollar ham tortilgan. Ammo hozirgi globallushuv zamonidagi mehnat munosabatlarida tub burilish aks etgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida keltirliganidek, “Har bir inson mehnat qilish, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo`lish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega”1. Bu xalqaro darajada qabul qilingan ilk hujjat bo‘lib, uni ratifikatsiya qilgan barcha davlatlar o`z milliy qonunchiligida ushbu qoidani kiritishi lozim. O‘zbekiston mustaqil bo`lgandan so`ng BMTga a’zo bo`lgach bosh qomusimizda ham shu mazmundagi qoida kiritilgan. Bosh qomusimizning 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega”2. Mazkur munosabat bilan insonlar orasida mehnat jarayonlarida sodir bo`ladigan barcha huquqiy munosbatlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ushbu qoida asosida 1995-yil 21-dekabr sanasida mehnat kodeksi qabul qilingan. Bundan tashqari 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan 410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun va yana bir qancha davlat muasssalarining, korxona, tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlari boshqaruv sohasidagi huquqiy mehnat munosabatlari uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi. Har bir korxona va tashkilotlarning o‘z ichki tartib qoidalari mavjud bo`lib ushbu qoidalar ham mehnat munosabatlari uchun qonuniy asos vazifasini o‘tay oladi. Barcha qonunlar mehnat munosabatlarining adolatli bo‘lishi, tomonlarning haq-huquqlarini himoya qilish, mehnat unumdorligiga erishish uchun qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.