A. Avloniy nomidagi xalq ta‘limi muammolarini o`rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Mehnat munosabatlariga kirishishda tomonlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 27,76 Kb.
səhifə2/3
tarix21.11.2023
ölçüsü27,76 Kb.
#133492
1   2   3
G5c7TOwbTjrWnqOmRi5c39rx3eMbBy052L4PZNeu

2. Mehnat munosabatlariga kirishishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
Mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi, aholining ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, zamonaviy kasblar va o‘z haq-huquqlarini bilish darajasini oshib borishi mehnat munosabatlarida bir qator o`zgarishlarga olib keldi. Bozor munosabatlariga asoslangan hayotimizda aholining barcha qatlamini adolatli mehnat munosabatlari jalb etish har qachongidan ham muhim masala bo`lib qolmoqda. O‘zbekiston 35 milliondan ortiq aholiga ega bo`lgan davlat. Bu raqamlarning har biri ortida alohida inson taqdiri turganini inobatga oladigan bo‘lsak, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslarini zamon talablariga mos qilib ishlab chiqish xalqimizning hayotdan rozi bo`lib yashashligining poydevori hisoblanadi. Mehnat munosabatlariga qisqacha ta’rif berib o‘tsak, mehnat munosabatlari – ish beruvchi bilan hodim o‘rtasida yuzaga keladigan yuzaga keladigan munosabatlardir. Bu munosabatlarda ikkila taraf ham huquqlarga ega bilan bir qatorda majburiyatlarni bajarishlari ham shart bo`ladi.
Dastavval mehnat munosabatlarining subektlariga to‘xtalib o‘tsak. Mehnat kodeksining II bobi mehnat munosabatlari subektlariga bag`ishlangan. Mehnat kodeksining 14-moddasida kimlar xodim bo`la olishi mumkinligi quyidagicha ta`kidlab o‘tilgan: “Belgilangan yoshga yetgan (77-modda) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bo`lishi mumkin”3. Ya’ni 16 yoshga to`lgan har bir inson agar u ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan vaqtdan boshlab u xodim sifatida mehnat munosabatlarining subekti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 15-moddasiga muvofiq korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o`z rahbarlari timsolida, mulkdorning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar ish beruvchi bo‘la olishi mumkinligi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 16-moddasiga ko‘ra xodim quyidagi huquqlarga ega:

  • mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish,

  • o‘z mehnati uchun qonunchilikda mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo`yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta‘minlanadigan dam olish;

  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish;

  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

Mehnat munosabatlariga kirishishayotgan har bir xodim mehnat shartnomasi imzolashdan oldin yoki imzolagandan so‘ng yuqoridagi huquqlarga ega ekanligi bilishi lozim. Xodim davlat tashkiloti yoki muassasida, korxonalarda ishlashidan qat‘iy nazar va mehnat jarayonida ushbu huquqlardan foydalanishga xaqli. Barcha xodimlar o’z huquqlarini yaxshi bilishi shart.
Shu bilan birgalikda ish beruvchi ham bir qator huquqlarga ega.

  • korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

  • qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

  • mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;

  • o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a`zo bo`lish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunda xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari soda tilda tushunarli tarzda bayon etilgan.


Yüklə 27,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin