A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti



Yüklə 254,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.12.2022
ölçüsü254,46 Kb.
#121695
  1   2   3   4   5   6   7
IuEpFZcWYcic6eApckjthw8PcgQagzbieUdZcVGc



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar kompetensiyalarini baholash” 
o‘quv kursining
 

Jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari ishlarda kompetensiyaga 
asoslangan yondashuvni joriy etish
” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Xojimurodova Mahliyoxon 
Toshkent 2022 
 


1-Mavzu. Jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari ishlarda 
kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish. 
 
Reja: 
1. Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o‘tkazishning usulubiy asoslari 
2. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi 
3. Sinfdan tashqari ishlar va tashkillash 
 
Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish sharoitida yosh 
o‘quvchi shaxsini shakllantirish o‘quv amaliyotida dolzarb muammo hisoblanadi. 
Buning sababi shundaki, birinchidan, ushbu yoshda mumkin bo‘lgan 
kompetensiyalar majmuasini aniqlash, ikkinchidan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar 
faoliyatiga kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish mexanizmlarini 
aniqlash kerak. 
Ta’limning boshlang‘ich bosqichidan boshlab kompetensiyaga asoslangan 
yondashuvni joriy etishda ko‘pchilik maktab dasturlari zamonaviy boshlang‘ich 
maktabda 
qo‘llaniladigan 
kompetensiyaga 
asoslangan 
yondashuv 
paydo 
bo‘lishidan oldin yaratilgan. Kompetentsiyani ma’lum miqdordagi bilim va 
ko‘nikmalar orqali aniqlash mumkin emas, chunki namoyon bo‘lishida sharoitlar 
muhim rol o‘ynaydi. Barkamol bo‘lish - olingan bilim va tajribani ma’lum bir 
vaziyatda safarbar etish demakdir. Aynan kompetentsiya shaxsga kutilmagan 
ijtimoiy vaziyatlarda harakat qilish imkonini beradi, bu esa sotsializatsiya 
muvaffaqiyatini anglatadi. 
O‘quv dars o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini tashkillashning asosiy 
shakli bo‘lib, maktab jismoniy tarbiya tarzida uyushtiriladi. Dars – jismoniy 
tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi, bir xil 
kontigentdagi bolalarga belgilangan va uni ichida dastur mavzularini o‘qitish 
jarayoni tushuniladi, faqat ketma-ket tizimli darslar orqali ta’limning ushbu 
sohasida ma’lum natijalarga erishishga intilish mumkin. 
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli 
tumanligi bilan xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, faqat ketma-ket tizimli darslar 
orqali ta’limning ushbu sohasida ma’lum natijalarga erishishga intilish mumkin. 
Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va 
keyin o‘qitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki bo‘laklari bilan 


albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida 
olib boriladi. 
Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning 
alohida shakli bo‘lib u umum ta’lim maktablari, akademik, litseylari, tehnikumlari, 
Oliy o‘quv yurtlari, gimnaziya va boshqa o‘quv muassasalardagi mashg‘ulotlardan 
o‘zining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi. 
Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va 
tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga 
mo‘ljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida 
tashkillanadi. Dars-umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va 
sport ixtisosligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning 
tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning boshqa tipik 
shakllari o‘zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, 
individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Ko‘pincha mashg‘ulotlarning 
yuqorida qayd qilingan shakllari darsni to‘ldiradi va uni xususiy va umumiy 
vazifalarini to‘ldirishda qo‘shimcha rol o‘ynaydi. Lekin ular aholini jismoniy 
tarbiya bo‘yicha ma’lum darajadagi talablarni to‘la qondirib mustaqil ahamiyat 
kasb etadi.
Jismoniy tarbiyadan pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslari 
orqali olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog‘liq. Bunga har bir 
dars zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi. 
Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va 
sog‘lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib 
chiqib, har bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «Mustahkamlash», 
«Takomillashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yib uni hal 
qilishni nazarda tutadi. 
Ta’lim vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan 
mashqlarni 
bajarishga, 
o‘rganilgan 
mashqlarni 
mustahkamlash 
va 
takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga hamda 
o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga 
yo‘naltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya 
dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustahkam o‘rganishga olib 
keladi. 
Ta’limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator 
ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning 
o‘zi kifoya qiladi. Masalan, arqonga ma’lum usulda tirmashib chiqish va uni 


bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning o‘zida texnik jihatdan 
mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun 
turkum darslar lozim. Qolaversa, shug‘ullanuvchini harakat koordinasiyasi
jismoniy tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), o‘zlashtirilayotgan 
harakatga o‘xshash harakat zahirasiga ham bog‘liq. 
Arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda o‘rgatish 
mumkin. Bu kichik xususiy vazifa bo‘lib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan 
biri sifatida hal qilinadi. Ta’lim ning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari 
o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, chiniqish, jismoniy 
mashqlarni to‘g‘ri bajarish haqidagi nazariy bilimlarini oshirishlari bilan ham hal 
qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta’lim-tarbiya emas, balki insoniy 
fazilatlare’tiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, 
maqsadga intilishi, mustaqilligi va qiyinchiliklarni, ishdagi qat’iyyati va 
boshqalarni qo‘shib tarbiyalash talab qilinadi. 

Yüklə 254,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin