O‘quvchilar uchun hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalarining
zahirasini oshirish turistik sayohat hamda poxodlarda sodir bo‘ladi. Sinfdan
tashqari ishlarning bunday shaklini yo‘lga qo‘yish uchun turizm ishida yordam
beradigan yo‘riqchilarni tayyorlashning ahamiyati katta. Ularni tayyorlash turistlar
klublari yoki turizm o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi
guvohnomasi bo‘lgan maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga yuklatiladi.
Yordamchi sifatida esa yuqori sinf o‘quvchilarini jalb qilib ulardan foydalanish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: