A. F. Baqoyev so‘zga chiqib, internat xududi va bino-inshootlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligi, davolash muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan hududda sodir bo‘li



Yüklə 18,36 Kb.
tarix02.03.2023
ölçüsü18,36 Kb.
#123741
Документ Microsoft Word (4)


Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab internat ishchi xodimlari bilan favqulodda
ishchi-xodimlari bilan favqulodda holatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish mavzuda o‘tkazilgan yig‘ilish

BAYONI №

“23” fevral 2023 yil Buxoro shahar

Yig‘ilish raisi: Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internat direktori J.Jo’rayev


Qatnashdilar: Buxoro shahar FVB P va NB mutaxassisi oddiy askar A.F.Baqoyev va internat ishchi-xodimlari.

KUN TARTIBI.


1. Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internat binosining yong’inga qarshi holatini muhokamasi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choratadbirlar to‘g‘risida.


2.Odamlar ommaviy bo‘ladigan ob’ektlarda yuzaga kelayotgan yong‘inlar muhokamasi to‘g‘risida.
3.Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish maqsadida, mas’ul xodimlar vazifalari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internat direktori Jo’rayev Jahongir so‘zga chiqib, shahar Favqulodda faziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yong‘inga qarshi tekshirishlar davomida, internat binolarida yong’inga qarshi tartib muntazam saqlab borilishi lozimligini aytib, so‘zni shahar FVB P va NB mutaxassisi oddiy askar A.F.Baqoyevga berdi.
A.F.Baqoyev so‘zga chiqib, internat xududi va bino-inshootlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligi, davolash muassasasi mas’ul xodimlari tomonidan hududda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun soz holda saqlanishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishi, yong‘indan avtomatik darak berish moslamalarini sozligini doimiy tartibda ta’minlash, yong‘in o‘chirish avtomobillari binolari oldiga yengil harakatlanish yo‘laklarning to’silishini oldi olinishi borasidagi ishlar muntazam nazorat ostida bo‘lishini, bolalarning osoyishtaligini va bino-inshootlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilishini, qutqaruv yo‘laklarining to‘silishiga, evakuatsiya va zaxira chiqish eshiklari engil ochilishiga, qo‘lbola elektr isitgich va qaynatgichlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligini takidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan A.F.Baqoyev so‘zini davom ettirar ekan o’tgan yilning 12 oyi davomida viloyat xududida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlilini yig‘ilish qatnashchilariga etkazdi.
Jumladan, o’tgan yilning o‘tgan 12 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlil qilinganda, Buxoro shahar hududida jami 105 ta yong’inlar sodir bo‘lib,
kuyish tan jaroxati olib vafot etganligi achinarli hol ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Kun tartibidagi birinch masala muhokamasi yuzasidan masala Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internat direktori Jo’rayev Jahongir Barnoyevich so‘zga chiqib, yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar hamda internat hududida yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilib borish borasida mas’ul xodimlarga aniq topshiriklar berdi.
Shundan so‘ng, A.F.Baqoyev so‘zga chiqib, internatda o‘tkazilgan tekshirishda bir qator yong‘inga qarshi kamchiliklar aniqlanganligini aytib o‘tib, bino hududida ichki yong‘in o‘chirish jumraklari soz holda saqlanishi, yong‘inga qarshi qalqondagi va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalariga bo‘lgan talablar, ularni saqlash va ishlatish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib, OP rusumli yong‘in o‘chirgichdan foydalanish tartibini amalda ko‘rsatib berdi. Shuningdek, ishchi xodimlar tomonidan internat binolarida ishga yaroqsiz va nosoz holga kelgan rozetka va o‘chirgichlar, yonuvchan materiallar ustki qismdan yoki orasidan elektr simlari o‘tkazmaslik va nosoz holdagi dazmol, qo‘lbola elektr isitish hamda qaynatgich moslamalarini ishlatishga yo‘l qo‘ymasligini doimiy ravishda mas’ul shaxslar tomonidan alohida nazoratga olish kerakligini aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yigilish,


QAROR QILADI:

1. Buxoro shahar Sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internat binosining yong‘inga qarshi xolatini yaxshilash, Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmada talab qilingan tadbirlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash xo’jalik ishlari direktor o’rinbosari O’.Vohidov zimmasiga yuklatilsin.


2. Yong‘in xavfsizligi me’yor va qoida talablari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, mas’ul xodim va ishchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, yongin xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
3. Internat ishchi xodimlariga yong‘inga qarshi tushuntirish ishlari kuchaytirilsin va yong‘in xavfsizligiga qaratilgan tadbirlar qattiq nazorat ostiga olinsin.
4. Binolarda qo‘lbola elektr isitish moslamalar va qaynatgichlarini ishlatilishi qat’iyan ta’qiqlansin.
5. Mazkur yig‘ilish qarori talablarini bajarilishi nazorat qilishni xo’jalik ishlari direktor o’rinbosari O’.Vohidov zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: J.B.Jo’rayev
Yüklə 18,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin