A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


 Maktabda “Eskiz chizish bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va texnik rasm



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix03.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#127766
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti

3.2. Maktabda “Eskiz chizish bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va texnik rasm 
chizish” ma`vzusini o`rganishning 
 1-soatlik darsreja konspekti 
I. Movzu: Eskiz va texnik rasm.
II. Darsning maqsadi: a) eskiz va texnik rasmlar haqida talabalarda
bilim hosil qilish 
b) talabalarda fazoviy tasavurni shakllantirish
c) talabalar tafakko`rini shakllantirish 
III. Darsning jihozi: darslik va tarqatma materiallar. 
IV. Darsning turi: interfaol.
V. Darsning metodi: savol-javob. 
VI. Darsning borishi: a) tashkiliy qism 
 
b) uyga vazifalarni tekshirish 
 
c) yangi mavzuni tushuntirish 
VII.Yangi movzu bayoni: ESKIZ VA TEXNIK RASM.
Shaklchilik xonasidagi detallar o'quvchilarga tarqatib chiqiladi va uning 
eskizini (o'qituvchi nazorati ostida) mustaqil bajarish topshiriladi. 
Detaining texnik rasmi qirqimi bilan chiziladi (2.1-shakl, a, b, c, d). 
Bunda: 
1. Texnik rasm chizish uchun aksonometriya turlaridan biri tanlab olinadi. 
Bizning misolda frontal dimetriya qo‘l keladi. Shu boisdan aksonometriya o'qlari 
chizib olinadi. Ostki va ustki qismlari elementlarining o'rnilari belgilab chiqiladi 
(2.1-shakl, a). 
2. Ostki asosi plita va ustki silindrik qismi chizib chiqiladi (2.1-shakl, b). 
3. Plita bilan silindrni mustahkamlovchi qovurg'alar tasviri bajariladi (2.1- 
shakl, c). 
4. Ortiqcha chiziqlar o'chirilib, shakl taxt qilinadi. Bu rasmda faqat silindrik 
teshikni ko'rsatish uchun qirqim qo'llaniladi (2.1-shakl, d). 
Ma’lumki, eskizlar lo‘g‘ri burchakli proyeksiyalashga amal qilingan holda
ko'zda chamalab detaining qismlari orasidagi nisbatlarni saqlab, ehizinaehilik 
asboblari qo'llanilmay qo‘lda chiziladi. Eskizlar millimetrlangan, kataklangan 
yoki oq qog'ozlarda chiziladi. 
Eskizlar, asosan detaining asliga qarab chiziladi. Kerakli kesim va qirqimlar 
qo'llanilib, eng kam ko'rinishda chizishga harakat qilinadi. O'lchamlari detaining 
aslidan o'lchab qo'yiladi. 


Berilgan detal sinehiklab o'rganib chiqiladi. Detal, asosan, silindrlardan 
tuzilganligi uchun uni bitta bosh ko'rinishda chizish mumkin. Detaining ichki 
tuzilishi profil qirqim orqali ko'rsatiladi. Kichik silindrik teshiklari chiqarilgan 
kesimda, silindr ichidagi qovurg'ani ham chiqarilgan mahalliy kesimda tasvirlash 
kerak bo'ladi. O'lchamlari detaining o'zidan o'lchab olinadi va shaklda qo'yib 
ko'rsatiladi. Shakl taxt qilinadi. 
Ishchi daftariga (kataklangan) eskiz chizishni yaxshi bilasizlar. Endi oq qog'ozga 
eskiz chizishni o'rganamiz. Buning uchun avval o'zaro parallel, gorizontal, 
vertikal, turli holatlardagi qiya hamda o'zaro perpendikulyar chiziqlarni qo'lda 
chizish mashq qilinadi. Bundan tashqari, turli to'g'ri burchakli to'rtburchak, 
kvadrat, aylana va uning yoylarini chizish orqali qo'lni shakl chizishga o'rgatih 
borish tavsiya etiladi. 
Masalan, 
podshipnik 
deb 
nomlanuvchi 
detaining 
asliga 
(bu yerda uning yaqqol tasviri berilgan) qarab tahlil qilinsa, ikkita ko'rinishda 
(bosh va chapdan) chizilishi mumkin. Shunda silindrning ostki asosini plita 
bilan mustahkam bog'lovchi qovurg'alarni kesim orqali, silindrni esa profil 
qirqim orqali ko'rsatish qulay hisoblanadi. 
1. Eskiz chizish shartiga muvofiq ko'rinish o'rnilari to'g'ri to'rtburchaklarda 
belgilab olinadi hamda detal asosi va silindrik qismi, qovurg'alar chizib chiqiladi. 
2. Detal konturi aniqlab olinadi va profil qirqim hamda kesim bajariladi . 
3. Shakllar o'lchamlari aslidan o'lchab olinadi. Bu yerda detaining asli 
bo'lmaganligi uchun o'lcham chiziqlariga uning son qiymatlari qo'yilmadi . 
Yoki ushbu detal eskizini uchta ko'rinishda chizib, qovurg'alarning o'zaro 
joylashishini ustdan ko'rinishida A—A qirqim orqali tasvirlash mumkin. Shunda 
detaining asosi—plitaning shakli ham to'liq ko'ringan bo'ladi. 


2.1-shakl. 



2.2-shakl. 


2.3-shakl. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin