naturani kuzatish juda katta ahamiyatga ega, bu jarayonning mohiyatini yuqorida
bayon etgan edik.
Eskiz chizishdan oldin:
— detalning umumiy shakli haqida tasawur hosil qilish uchun uni tezgina ko'zdan
kechirish;
— detal qismlarini diqqat bilan o'rganib chiqish, chiziqlar, chuqurchalar, tcshiklar
va hokazolarning shakli hamda ularning fazoviy munosabatlarini aniqlash;
— predmetni eskiz chiziladigan qilib qo'yilgan vaziyatida yana bir qayta ko'zdan
kechirish kerak. Eskiz chizish jarayonida:
— predmetning biror qismining shakllarini aniqlab olish uchun vaqti vaqti bilan
uni ko'zdan kechirib turish zarur. Eskiz chizib bo'lingandan keyin:
— chizilgan tasvirlarning to'laligini va to'g'riligini
tekshirish uchun predmet
shaklini diqqat bilan ko'zdan kechirish;
— eskizga o'lchamlar qo'yish lozim.
Tasvirlarga o'lchamlar qo'yishda o'lchov asboblaridan oqilona foydalanish, o'lchov
olish shtangensirkulidan o'lchash ishlarida foydalanish usullariga e'tibor bermoq
lozim.
Darslikda eskizlar chizishga oid ko'rsatmalar va namunaviy misollar
ko'rsatilgan. Shuni alohida ko'rsatib o'tish lozimki, bu mavzuni o'rganishda
darslikda berilgan rasmni ko'r-ko'rona ko'chirish yaramaydi. Darslikdagi rasmdan
faqat eskiz chizish bosqichlarini
tushuntirishda foydalanish, ammo chizish uchun
esa shu rasmdagi topshiriqqa yaqin bo'lgan modelning aslidan foydalanish kerak.
Chizmachilik
asboblari
ishlatilmasdan
va
masshtabga
rioya
qilmasdan
buyumning
nisbatlarini
saqlagan
holda
ko'zda
chamalab,
bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi.
Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo'lib
xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar
va detallami loyihalashda,
ularni ta’mirlashda qo'llaniladi hamda detaining o‘ziga qarab tuziladi.
Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda, detallar bevosita eskiz bo'yicha ham
tayyorlanadi. Shunga ko'ra, eskizda detaining ish chizmasida beriladigan
barcha ma’lumotlar berilishi shart. Eskizda tasvimingkattaligi detaining
o'lchamiga,
murakkabligiga
va
chizma
qog‘ozining
bichimiga
qarab
chiziladi, hamma kerakli o'lchamlari,
belgilari, texnik talablari va boshqaqa
ma’lumotlarni yozishga imkon berishi lozim.
1-shakl
Eskizlami quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi:
- eskiz chizish uchun detalga moslashtirib shakl bichimi tanlanadi
va bichim hOChiyasi, asosiy yozuv o'mi belgilab chiqiladi;
detaining tashqi va ichki qiyofasi yaxshilab o‘rganiladi va ko'rinishlar
soni
aniqlanadi.
Bosh
ko`rinishning
o'rni
unga
nisbatan
boshqa
ko‘rinishlarning joylari belgilah chiqiladi. Bu yerda detalga beriladigan
o'lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;
- detaining tashqi qiyofasi barcha ko'rinishlarda
ingichka chiziqlar
bilan chizib chiqiladi;
- detaining ichki qiyofasi ham qirqimni hisobga olgan holda barcha
ko'rinishlarda chizib chiqiladi;
- zarur bo‘lgan qirqim (kesim) lar bajariladi;
- talab qilinadigan barcha o'lchamlari qo‘yib chiqiladi;
-
ortiqcha
chiziqlar
o'chirilib,
shakl
chiziqlari
ustidan
yurgizib
chiqiladi va shakl taxt qilinadi;
- asosiy yozuv yoziladi va shakl yana bir marta tekshirib chiqiladi
(1-shakl).