A yuldashev soliq va soliqqa



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/76
tarix26.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#136308
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Soliq va soliqqa tortish. Yuldashev A (1)

imtiyozlar
Quyidagi jismoniy shaxslaming mulkiga (imoratlar, binolar va insho- 
otlar) soliq solinmaydi:
«O'zbckistan Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga 
sazovor bo'lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning;
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida 
xizmat qilgan shaxslaming, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy 
qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlami egallagan shaxs- 
lar. Leningrad shahri qamalida bo'lganlarning va konsentratsion lager- 
laming sobiq yosh tutqunlari, xizmatini Afg'oniston Respublikasida va 
jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo'lgan 
qo'shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o'tagan harbiy xizmatchi- 
lar hamda o'quv va sinov yig'inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur- 
larning;
Qahram on onalar, shuningdek, o 'n nafar va undan ortiq farzandi bor 
ayollaming;
Chem obil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik 
uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolaming (shu jum ladan, u yerga vaqtin- 
chalik xizmatga yuborilganlaming);
Pensionerlaming, shuningdek, 1 va II guruh nogironlarining;
muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a ’zolarining 
xizmatni o'tash davrida;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo'lgan- 
lik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo'lish tufayli orttirilgan 
kasallik oqibatida halok bo'lgan harbiy xizmatchilaming ota-onalari va 
boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining).
O'zbckistan Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyat- 
lar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan 
bo'lgan nogironlarning ichki ishlar organlarining xizmat vazifasini ado 
ctayotganda yarador, kontuziya bo'lgan yoki shikastlanganlik oqibatida 
nogiron bo'iib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo'lgan 
shaxslaming mulklari soliqdan ozod etiladi.
IJshbti moddada nazarda tutilgan imtiyozlar m ol-mulk egasining 
tanloviga binoan, mol-mulkning faqat bir obycktiga taalluqli bo'ladi. Ma­
salan, ikkita uy bo'lsa, bittasiga bcriladi.
Mol-mulk solig'i 
to'lovchi 
jismoniy shaxslar - pensionerlar uchun 
foydalanayotgan 60 kv.metrga soliqdan imtiyoz bcriladi. Undan ortig'i 
umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
99


Yil mabaynida soliq to'lovchilarda m ol-m ulk solig'i bo'yicha imtiyoz 
olish huquqi paydo bo'lgan, taqdirda ularga soliq to'Iashdan imtiyoz 
huquqi paydo bo'lgan oydan boshlab beriladi.
Yil davomida mol-mulk solig'i bo'yicha im tiyoz yo'qotilgan holatda 
mulklarni soliqqa tortishdan imtiyoz huquqi yuqotilgan oydan keyingi 
oydan boshlab soliqqa tortiladi.
Imtiyozlar faqat mol-mulk imtiyoziga ega bo'lgan shaxsning mulki 
bo'lgandagina berilishi mumkin.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin