Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rqonlarida yer soligi stav-
kalarini ishlab chiqishga ular xududini shahar ayrim tumanlari yerlari ham
da infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo'yicha kompleks tarzda
baholash asos qilib olingan.
M a’lumki, shahar hududining qimmati markazdan chekka joylarga
qarab nafaqat hududning infratuzilma bilan ta ’minlashdagi
tafovutlar, balki
boshqa omillar ta ’siri tufayli ham kamayib boradi. Shu sababli, yer solig'i
stavkalarini tabaqalashtirish uchun shahar va q 'o rq 'o n lar hududi zonalarga
bo'linadi, bunda yerlami kompleks baholashning qiymati umum tom oni
dan qabul qilingan, zonaning shahar
hosil qiluvchilik rolini, transport bilan
ta ’minlangani, muhitning jozibadorligi, ekologik holati, yer tebranishlari-
ning bo'lish-bo'lmasligi, shahar ayrim tumanlarining
funksional vazifalarini
hisobga oladigan, yer uchastkalarining iste’mol qiymatiga ta ’sir ko'rsatadi-
gan koeffitsintlami qo'llagan holda belgilanadi, yordamchi qishloq xo'jali-
gini yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga ega
bo'lgan jismoniy shaxslarga stavkalar miqdori, ijtimoiy omillami e ’tiborga
olgan holda, yuridik shaxslar uchun mo'ljallanganidan taxminan o 'n ba-
ravar kam qilib belgilangan.
Qishloq xo'jaligida yerdan ishlab chiqarishning
asosiy vositasi sifatida
foydalaniladi, shuning uchun qishloq xo'jalik ahamiyatidagi yerlar uchun
soliq stavkalari yer sifatidan, ya’ni tuproq xosildorligi va yer unum dor-
ligidan kelib chiqib belgilangan.
Yer solig'i stavkalari, jahon amaliyotida qabul qilinganidek yer qiy
m atidan kelib chiqib belgilangan. Respublikada
yeming bozor qiymati
shakllanmagani sababli, 1 gektar sug'oriladigan yerdan olinadigan deh-
qonchilik yalpi mahsulotining o'rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli
baholash amalga oshirildi. Jahon amaliyotida yer solig'i stavkalari turli
mamlakatlarda
turlicha belgilanadi, lekin o'rtacha yer qiymatining salkam
5
%
tashkil etadi. Respublika sharoiti uchun qishloq xo'jaligida shakllan-
gan iqtisodiy holatni hisobga olib va uni rivojlantirishni rag'batlantirish
maqsadida soliq stavkalari 3
%
miqdorida qabul qilingan.
Soliq miqdorlarini yerlar sifati, tabiiy iqlim zonalari bo'yicha taba
qalashtirish maqsadida sug'oriladigan yerlar uchun soliq stavkalari m a’-
muriy tum anlar bo'yicha, ulam i tuproq ball-bonitetlari bo'yicha 10 da-
rajaga bo'lgan holda belgilangan. Tuproq boniteti dehqonchilikning hozirgi
darajasida qiyoslama tabiiy hosildorlikning shartli ko'rsatkichi hisoblanadi.
Bonitetni aniqlashda tuproqning
genetik kelib chiqishi, sug'orishning
qancha muddat davom etayotgani, ekin eqilishi, agro-iqlimiy resurslar
bilan ta ’minlangani, mexanik tarkibi, tuproqning
xosil bulish genezisi,
tuproq qoplamining suv o'tkaza olishi, sho'rlanganlik darajasi, eroziyaga
uchraganligi, toshloqligi, zichligi hamda tuprokning boshqa tabiiy xossalari
hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo'yicha aniqlanadi.
Lalmi yerlar va yaylovlar zonalar yoki vertikal mintaqalarga bo'lingan,
bu yerda yog'inlar bilan turlicha ta ’minlanganlik shakllanadiki,
ulaming
unumdorligi shu holatlar bilan bog'liqdir.
104
Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalarining joylashgan joyi bo'yi
cha soliq miqdorlarini tabaqalashtirish maqsadida m a’muriy va sanoat
markazlari atrofidagi stavkalarga 1,1 dan 1,3 ga qadar oshimvchi koeffi-
tsientlar belgilangan.
Dostları ilə paylaş: