A yuldashev soliq va soliqqa


 -§ . Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq hisoblab



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/76
tarix26.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#136308
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Soliq va soliqqa tortish. Yuldashev A (1)

4 -§ . Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq hisoblab
chiqarish tartibi va to'lash muddati
Yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni olin- 
gan suv hajmi doirasida hisoblab chiqadilar. Bu soliq bo'yicha hisob- 
kitoblar yil choraklari bo'yicha va yillik moliyaviy hisobotlami topshirish 
uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchi hisoblana- 
digan xorijiy investitsiyali korxonalar ushbu soliq bo'yicha hisob-kitobni bir 
yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan 
muddatlarda taqdim etadilar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq amalda olingan suvning 
hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga 
qadar to'lanadi. ,
Yilning choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun to '- 
laydigan solig'ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baro- 
baridan kam bo'lgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, 
yil choraklari bo'yicha moliyaviy hisobotlami topshirish uchun belgilangan 
m uddatlarda to'laydilar.
Qishloq xo'jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni bir yilda bir marta joriy yilning 15-dekabrigacha to'laydilar. Yil 
yakunlari bo'yicha hamma soliq to'lovchilar yillik moliyaviy hisobotni 
topshirish uchun belgilangan m uddatlarda davlat soliq xizmati organlariga 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni summasini hisob-kitobini 
taqdim etadilar.
Soliq to'liq to'lanm agani holda to'lanm ay qolgan soliq summasi 
hisob-kitob taqdim qilinganidan so'ng besh kunlik m uddatda budjetga o't- 
kaziladi.
Ortiqcha to'langan soliq summalari to'lovchining yozma arizasi olin­
gan kundan boshlab soliqlar va yig'imlar bo'yicha qarz bo'lmagani holda
80


30 kun muddatda soliq idorasi tom onidan soliq to ‘lovchiga qaytariladi yoki 
navbatdagi to'lovlar hisobiga o'tkaziladi.
Yuridik shaxslaming suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
bo'yicha budjet hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi 68-«Budjet bilan 
hisob-kitoblar» hisobvarag'i, «Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
bo‘yicha hisob-kitoblar» hisobvarag'ida amalga oshiriladi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin