X II bob.
JISM ONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN
MOL-MULK SOLIG'I
l- § . Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining
iqtisodiy mohiyati
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita
soliq bo'ladi, u o'zining ushbu sifati bilan
moddiy boyliklami olish va
jam g'arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha
real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol
- mulk solinishi bilan bog'liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya’ni u
yarim yilda bir marta m untazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy
soliq bo'ladi, u O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan va unda
ro'yxatga olingan ko'chm as mulk va transport vositalari (2002-yil 1-
yanvardan transport vositalari dvigatel quw atidan
olinadigan soliq bekor
qilingan) uchun to'lanadi. M ol-m ulk solig'i mutanosib (proporsional) va
shedulardir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy
tartibga solishning asosiy manbalariga O'zbekiston Respublikasi Soliq ko-
deksi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-
dekabrdagi 478-sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo'lgan
bino va inshootlami baholash va qayta baholash to'g'risidagi nizomni
tasdiqlash to ‘grisida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah
kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591-sonli «Jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to ‘g'risida»gi qaroriga
muvofiq ishlab chiqilgan), O'zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo'm itasi tom onidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to'lash tartibi to'g'risida»
yo'riqnom a ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993-
yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli
nadigan soliqlar
to ‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan
tartibga solinar edi.
Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan
shaxs, O'zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo'lishidan qat’iy nazar soliq
solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar m ol-mulk solig'i
to'lovchilari hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga
muvofiq
soliqqa tortiladigan obycktga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bogdorchilik
va o'zum chilik shirkatlari a ’zolarining chorbog' va bog' uylari 4) garajlar
va boshqa imoratlar, bino va inshootlar
kiradi hamda yuqoridagi mol-
A r t
94
mulkka ega bo'lgan jismoniy shaxslar m ol-m ulk solig'i to ‘lovchilardir.
Bundan tashqari, 2002-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslaming mulki
bo'lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar,
samolyotlar va boshqa
transport vositalari dvigatellarining quw ati soliq solish obyekti bo'lib
hisoblangan. Lekin 2002-yil 1-yanvaridan O'zbekiston Respublikasi Va-
zirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy
ko'rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat
budjetining parametrlari to ‘g‘risida»gi 490-son qaroriga muvofiq Jismoniy
shaxslaming transport vositalariga benzin, dizel yonilg'isi
va gaz ishlat-
ganlik uchun iste’moli solig'i joriy etildi.
U m um an olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti»
tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jism oniy shaxslar mol-mulkiga
solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol nam oyon bo'ladi, u soliqning
subyektini aniqlaydi va u bilan m a’lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk
huquqiy munosabatlarda bo'ladi. Shunga e ’tibom i qaratamizki, 1998-yil
13-yanvardagi 392-sonli Y o'riqnom a (2-bandi)da O'zbekiston
Respublikasi
Soliq kodeksidan (89-modda) farqli o'laroq, shunday belgilanadiki, soliq
Dostları ilə paylaş: