X III bob. YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIG‘I l- § . Yer solig'ini soliq tizimiga joriy etishning asosiy sabablari va uning iqtisodiy mohiyati Soliqlaming iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy
shaxslar o ‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to'lovlarga asoslan-
gan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy m uno-
sabatlar maxsus ijtimoiy harakterga ega bo'ladi, milliy daromadning bir
qismi bo'lgan pul mablag'larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat
qiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kclib chiqqan holda soliq tushunchasiga quyi
dagicha ta ’rif berish mumkin: «Soliqlar davlat va jamiyatning pul m ablag'-
lariga bo'lgan extiyojini qondirish maqsadida qonun tom onidan belgilab
qo'yilgan holda va o'm atilgan m uddatda jismoniy va yuridik shaxslardan
davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to'lovlardir.
Soliqlaming mohiyati ulam ing bajaradigan funksiyalaridan kelib chi-
qadi.
Soliqlaming funksiyalari ulam ing mohiyatini amaliyotda harakat
qilayotganligini ko'rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq
mohiyatini ko'rsatib turishi zamr. Bugun paydo bo'ladi, ertaga yo'q b o '
ladi, ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo'la olmaydi. Demak, funksiya
kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi.
Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash
kerak.
Soliqlaming funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin
yagona bir fikrga kelingan emas. K o'pchilik iqtisodchilar soliqlarga ftskal,
boshqaruvchi, rag'batlantim vchi, nazorat funksiyalari xos deb ta ’rif
berishadi.
Soliqlaming birinchisi funksiyasi yordamida davlat byudjetining da-
romadi tashkil etilsa, ikkinchisini ham amalga oshira borib, davlat ishlab
chiqarishga uning o'sishini rag'batlantirishi yoki vaqtinchalik sekinlash-
tirishi, sarmoya jam g'arish jarayonini kuchaytirishi yoki qisqartirishi kabi
tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
Soliq amaliyotida soliqlami undirishning uchta usuli mavjud:
1. Kadastrli.
2. Darom ad manbaidan.
3. Daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya bo'yi
cha).
102