Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi
Yangiqo’rg’on tuman XTB ga qarashli
12-umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
Abduazizova Dilfuzaning ona tili fanidan 6-sinflarda
“Fe’lning munosabat shakllari” mavzusidagi
bir soatlik
Shakl: S M S Dars jihozi: dars ishlanmasi, ko`rgazmalar, kompyuter texnikasi, slaydlar, oq qog`ozlar, texnologik xarita, plakatlar va rag`bat kartochkalari
Nazorat:og`zaki va yozma
Baholash: rag`batlantirish, 5 balli tizimda baholash.
Maqsad va vazifalar
Maqsad:
Ta`limiy: o`quvchilarning fe’llarning munosabat shakllariga oid bilimlarini kengaytirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqillik va ijodkorlik qobiliyatini o`stirishga yordam berish.
Vazifa: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish va mavzu asosida kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lish.
Kutiladigan natija
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishi ga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va xotirada saqlash, ularda og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.
Darsda foydalaniladigan usullar: “Shum bola”, ”Fikr-shou”,“Bilim ring”, “Test lotto”, ”SMS varaqasi”
Dars SMS (Sahnali, munozarali suhbat) usulida tashkil qilinadi.
Tashkiliy qism: 2 daqiqa Salomlashgach, davomat aniqlanadi. O`quvchilarga o`rganiladigan mavzu darslikda yo`qligi aytilib, 1 soatlik dars qo`llanmasi tarqatiladi va o`quvchilar 3 kichik guruhga bo`linadi. O`qituvchi guruhlarni shartli ravishda “Iqtidor”, “Bilimdon”, “Iste’dod” deb atashi mumkin. Ularga “Eng faol o`quvchi”, “Eng yaxshi husnixat egasi”, ”Eng bilimdon o`quvchi” nominatsiya g`olibi bo`lish uchun bir qancha topshiriqlardan o`tish va “SMS varaqalari” natijasi orqali aniqlanish tushuntiriladi.
Uy vazifasi o`tilgan mavzularni o`qib kelish. (“Shum bola” o`yini orqali nazorat qilinadi).
O`yin tartibi: Shum bolaning yolg`on so`zlaydigan odati bor. “Yolg`onning umri qisqa” deydilar. O`tilgan mavzular bo`yicha shum bola har 3 guruhga 2 ta ma’lumot aytadi. Qo`lidagi do`pni tutgan o`quvchi aytilgan ma’lumotning rost yoki yolg`onligini fosh etadi , ya’ni yolg`on ma’lumot aytilsa, koptokni olgan o`quvchi darhol o`rnidan turishi lozim. Shu tariqa qisqa vaqt ichida o`quvchilarning uy ishiga tayyorligi aniqlanadi. Bu usul uy vazifasini tekshirishda o`qituvchiga yaqindan ko`mak beradi.
DIQQAT, YANGI MAVZU! Yangi mavzu e’lon qilingach, slayd orqali 1-topshiriq namoyish etiladi. Savollarga guruhlar o`zaro maslshatlashib, javob beradilar.
1. Bilyapman, boryapmanso`zlaridan rasm asosida gap tuzing.
(Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, guruhlarga ball qo`yiladi. O`qituvchi tomonidan ko`rgazma va slaydlar yordamida yangi mavzu tushuntiriladi)