ADIB HAQIDA 1937 yil 1 iyulda tug‘ilgan. O‘rta maktabni, hozirgi O‘zMUning filologiya fakultetini bitirgach, Qarshi Davlat pedinstitutida (1959-1968 yillar) o‘qituvchi bo‘lgan. 1969 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Milliy universitetida dotsent, dekan, kafedra professori vazifasida faoliyat olib bormoqda. 1966 yilda filologiya fanlari nomzodi, 2002 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlagan.
“Ilmi g‘aribani qo‘msab…” (1998), “Istedod va e’tiqod” (2000), “Atoqli adib” (2001), “Tanqid, talqin, baholash” (2006), “Sharafli Sharafiddinovlar” (2006), “Badiiylik – bezavol yangilik” (2007), “Betakror o‘zlik” (2009) asarlarining muallifi.
1979 yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” (2003), “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” (2007 yil)