Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari
Reja:
Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.
Avloniy va boshlangich ta’lim mazmuni xaqida.
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.
Abdulla Avloniy tarbiya xakida. "Turkiy Guliston yoxud axlok" Abdulla Avloniyning tarbiya xakidagi yozgan darsligi edi. Bu darslik 1934 yilgacha Uzbekiston maktablarida kullangan.
Axlok - "insonni yaxshilikka chikaruvchi, yomonlikdan kaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulklarning yaxshiligini, yomon xulklarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon kiladurgan kitobni axlok deydilar. Axlok ilmini ukur, yer yuzida nima ish kilmok uchun yurganini bilur. Kishi uzidan xabardor bulmay, ilmni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning kadru kimmatini bilmas." (23-bet).
Xulk - inson ikki narsadan murakabdir. Biri jasad, ikkinchisi nafasdir, jasad kuzi ila bor narsalarni kurur, ammo nafas ila yaxshini yomondan, okni koradan ayirur ... ammo nafasning surati kuzga kurinmaydugan, akl bilan urganadurgan bir narsadurki, xulk deb atalur. (24 bet).
Yaxshi xulk, yomon xulk. Axlok ulamosi insonlarning xukuularini ikkiga bulishdi: agar nafas tarbiyat topib, yaxshi ishlarni kilurga odat kilsa, yaxshilikka tavsif bulib, "yaxshi xulk", agar tarbiyasiz usib, yomon ishlaydurgon bulib ketsa, yomonlikka tavsif bulub "yomon xulk" deb atalur...
Xudoning raxmati, fayzi xam insonga yaksardir,
Va lekin tarbiyat birla yotushmak sharti akbardir.
Tugib tashlov bila bulmas bola, bulgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bulur ul raxmona sizga ... (24 bet).
Abdulla Avloniy tarbiya xakida. Tarbiya "peadgogika" ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi axlokning asosi tarbiya, uldugindan shul xususda bir oz suz suylaymiz. Bolaning saodati va salomati uchun yaxshi tarbiya kilmak, tanini pok tutmak, yosh vaktidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulklarni urgatmak, yomon xulklardan saklab usdirmakdir.
Tarbiya kilguvchilar tabib kabidirki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo kilgoni kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jaxl marazi "yaxshi xulk" degan davoni ichidan "poklik" degan davoni ustidan berub, katta kilmok lozimdir.
... "Beshikdan to kabrgacha ilm urgan" deymishlar. Bu xadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildir. Xakimlardan biri: "xar bir millatning saodati, davlatlarning tinch va roxati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga boglikdir, demish uz bolalarni yaxshilab tarbiya kilmak otalarga farzi ayni, uz millatning yetim kolgan bolalarini tarbiya kilmok farzi kifoyadir" (25 bet).
... Emdi ochik, ma’lum buldiki, tarbiyani tugulgan kundan boshlamak, vujudimizni kuvvatlandurmak fikrimizni nurlandurmak, axlokimizni guzallandurmak, zexnimizni ravshanlandurmak lozim ekan.
... Badan tarbyaisining fikr tarbiyasiga yordami bordur. Jism ila rux ikkisi choponning ung ila terisi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulklardan saklanmasa, choponi ustini kuyib astarini yuvib ovora bulmok kabidurki, xar vakt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun maxkam va soglom bir vujud kerakdur.
... Fikr tarbiyasi eng kerakli, kup zamonlardan beri takdir kilinub kelgan, muallimlarning dikkatlariga suyangan, vijdonlarga yuklangan mukaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatlik, gayratlik bulishiga sabab buladur...
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmasdan bulur utkur.
Fikrning oynasi olursa zang,
Ruxi ravshanzamir ulur benur
(27-28 betlar)
Akliy tarbiya matonat akl egasi buluv demakdir. Akl insonlarni piri komili murshidi yagonasidir. Rux ishlovchi, akl boshlovchidir. Inson akli ila ... E’tikodni maxkam kilur... Janobi xak insonni xayvonlardan suz va akl ila ayirmishdir...
...Ilm insonlarning madori xayoti, raxbari najotidir. Ilm urganmak, olim bulmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim olmak lozim, aklsiz kishilar va maktabga kirar, va na muallimni bilar... (29-30 bet)
Ilm deb ukimak, yozmakni, yaxshi bilmak, xar bir kerakli narsalarni urganmakni aytadur. Ilm dunyoning izzati... Ilm inson uchun goyat oliy va mukaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga uz axvolimizni, xarakatimizni oyina kabi kursatur. Zexnimizni, fikrimizni kilich kabi utkur kilur. Savobni gunoxdan, xalolni xaromdan, tozani murdordan ayirub berur. ... Butun xayotimiz, salomatligimz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, gayoatimiz, dunyo yoki oxiratimiz ilma boglikdir. (34 bet).
Intizom deb kiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni xar birini uz vaktida tartibi ila kilmakni aytilur. Agar yer yuzidagi intizom bulmasa edi, insonlar bir dakika yashay olmas edilar (38 bet).
Vatan: xar bir kishining tugulib usgan shaxar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Xar kim tugma va usgan joyini jonidan ortik suyar...
... Bolalarimiz "kishi yurtida sulton bulguncha uz yurtingda chupon bul deyilur" (40 bet).
Iffat deb narsamizni gunox va buzuk ishlardan saklamokni aytilur...
Axmok soxibi, iffat egasi kalbini vijdonini poklab, tilini yolgon, giybat, buxtoni, ya’ni yomon suzlardan saklar.
Chunki, insonga iffati lozimdir. (42 bet).
"Ikkinchi muallim" kitobidan
(parchalar)
Maktab uyi - dorulomon,
Maktab xayoti jovidon,
Maktab saroyi kalbi jon
Gayrat kilub uzing, uglon...
Said ismli bolaning otasi xar kuni ugli maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovkat puli berardi. Bir kun Said maktab yulida fakir kishini uchratadi. "Uglim ikki kunda beri ochman, taom olib yey desam ustimdagi yirtik chopondan boshka xech narsam yuk" - deydi u. Said kuyidagi 10 tiyinni beradi va usha kunni ovkatlanmaslik utkazadi. Otasi uglining oliy janobligidan mumnun buladi, "Saxiy Saidim!", - deb olkashlaydi, ertasiga 20 tiyin berib yuboradi... (213 bet).
Bor edi bir kishi, xat bilmas edi bechora,
Buldi betor, yurak bagriga chikdi yora.
Ertasi ugling aytiki, ayo tifli adib,
Bor, ketur bokmok uchun koshima, bir yaxshi tabib...
Abdulla Avloniy merosining axaxamiyati. Abdulla Avloniy biz kanday urganishimiz kerak. Avvalo, xar bir millat vakili uzi mustakil ravishda Abdulla Avloniy ijodiyotini urganishi.
Darsliklarda berilgan materiallarni mazmunini boyitish maksadida Avloniyning she’r-xikoyalardan ijodiy foydalanish.
"Ajdodlarimiz merosiga ixlos" ruknidagi "Chulpon" nashriyoti chikarayotgan "Bolalardan bolalarga" kitoblarni urganib bolalarni ukish va yod olishga ruxlantirish. Abdulla Avloniy ijodiyotiga bagishlab, suxbat, ertalik, utkir zexnlilar mushoirasi, she’rxonlik kurigi tashkil kilish talabga muvofikdir.
Demak, Abdulla Avloniy boshlangich maktab uchun serchashma bir obi xayot xazinasini yaraganini undan foydalanish muximdir.
Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axlok" asari xar bir xonadonga kut baraka keltiruvchi, insonlarni yaxshi yulga boshlovchi bulganligi sababli, biz ziyolilar uni tartibli tashvikot kilishimiz zarurdir. (Maktab ota-onalar majlisida, maxalla-kuyda radio televidenie orkali).
Abdulla Avloniy ijodiyotini urganar ekanmiz, kani endi bu siymolarni bir kurishga muyassar bulsang deysan kishi va ularning ijodiyotidagi akl-zakovati insonni uziga maxliyo kiladi.
Bir donishmand aytgan ekan:
- Ajdodning shuxratiga suyanma, uzinga uzing shuxrat top.
Chirigan suyaklar xech fikr manbai bulmas,
Kutarmasa er kishi uz-uzini yuksakka
Abdulla Avloniydagi shuxrat va yuksaklik mashakkatli mexnat, e’tikodi orkali erishdi. Okibatda ajdodlarga uzi emas, merosi barxayot.
Abdulla Avloniy nomi adabiyolashtirdi. Uni ijotiyotiga atab "Muzey" ta’sis etildi. Yoshlar va bulajak ukituvchilar kalbida doim barxayotdir.
Dostları ilə paylaş: |