Lirik asarda tuyg'u va o'ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir.
Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921- yilda rus olimi Y. N. Tinyanov tomonidan kiritilgan. Shoir shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning tuyg'ulari qanchalar samimiy bo'lsa, lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va serjilo bo'ladi. Shuning uchun ham Abdulla Oripov she'rlarining lirik qahramoni kishi ko'nglini butunlay zabt etadi, o'z holati samimiy va chinligiga o'quvchini to'la ishontiradi.