Abdulla oripov hayoti va ijodi

Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini

Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/7
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#107160
1   2   3   4   5   6   7
vdocuments.mx dars-ishlanma-abdulla-oripov-hayoti-va-ijodi

Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini

Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini

beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz-

laridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta

olganidan ayrim misralarining o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.

Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: “Asablar tuproqqa

cho‘kkan edi tiz” tarzida beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa “Yiroq-

yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat”, - deya ifodalaydi. O'zbek xalqining yig'ma obrazi: “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,

Mening orzularim, mening o‘ylarim” tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: “qaro

sochlaringda oppoq alanga” degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan

ham ko'ngilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor

qiling: “Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tuman ichra bo‘zarar

tonglar, Quyoshning erinchak yog‘dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar”.

Lirik qahramon

Lirik qahramon

Lirik asarda tuyg'u va o'ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir.

Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921- yilda rus olimi Y. N. Tinyanov tomonidan kiritilgan. Shoir shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning tuyg'ulari qanchalar samimiy bo'lsa, lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va serjilo bo'ladi. Shuning uchun ham Abdulla Oripov she'rlarining lirik qahramoni kishi ko'nglini butunlay zabt etadi, o'z holati samimiy va chinligiga o'quvchini to'la ishontiradi.

Uyga vazifa:

“Sohibqiron” dramasini

o’qib kelish

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin