Dars ishlanma 4-sinf uchun Mavzu: Nihollarning nolasi (Xudoyberdi To‘xtaboyev)
Darsning maqsadi: Ta’limiy: o'quvchilarni «Nihollarning nolasi» hikoyasi bilan tanishtirish,
ravon va ifodali o’qishga, matn ustida ishlashga o’rgatish.
FK1: hikoya matnini tinglab tushuna oladi;
Tarbiyaviy: :o'quvchilarni tabiatni sevishga uni asrab-avaylashga, undan
oqilona foydalanishga o’rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK3 : tevarak-atrof muhitga insoniy munosabatda boʻlish ;
Rivojlantiruvchi:o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog’lanishli
nutqini o’stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK2; hikoya qahramonlariga munosabat bildira olish;
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodlari: savol-javob, suhbat metodi, «Kim bilag'on»,
«Muallifini toping» o’yinlari.
Dars jihozi: darslik,ko'rgazmalar va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
c) o’quvchilarni darsga hozirlash.
II.Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. «Bobomning sovg’asi» hikoyasi «Zanjir» usulida o’qitilib qayta hikoya
qildiriladi.
1.Bola bilan Murod qanday yo’ldan jo’nadi?
2.Ular ertalabki shirchoyni kim bilan ichishdi?
3.Ular nima bilan o’ynashdi?
4.Bobosi ularga Nima haqida aytib berdi?
5.Rustam aka ularga chiroyli nimani ko’rsatdi ?
―Kim bilag’on o'yini.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarida tabiat haqida
aytilgan?
Bizga ma‘lumki O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida
―"Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga
majburdirlar"- deyilgan.
55-moddasida: ―"Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir"–deyilgan.