11-mavzu. “Saddi Iskandariy” dostoninida syujet masalasi. (2 soat seminar mashg‘ulot) Reja: 1.“Saddi Iskandariy” dostonining suejeti haqida. 2.Dostonning tarkibiy tuzilishi. 3.Dostonning badiiy xususiyatlari. 12-mavzu. “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlar tahlili. (2 soat seminar mashg‘ulot) Reja: 1. Dostondagi hikoyatlar va ularning kelib chiqishi. 2. Yetti vodiydagi hikoyatlar. 3. Hikoyatlardagi obrazlar tahili.
13-mavzu.Navoiyning adabiyotshunoslik asarlari. “Majolis un-nafoyis” tahlili. (2 soat seminar mashg‘ulot) Reja: Asarga umumiy tavsif berish.
Asardagi ijodkorlarga Navoiyning munosabati.
Navoiyning zamondoshi bo‘lgan ijodkorlar zikri.
14-mavzu. Navoiyning tilshunoslik asarlari. “Muhokamat ul-lug‘atayn” tahlili. (2 soat seminar mashg‘ulot) Reja: Asarda tilshunosliu masalalari.
Turkiy tilning fe’l turkurmi va tajnisdagi afzalliklari
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da adabiyotshunoslik masalalari
15-mavzu. Navoiyning diniy-falsafiy asarlari. “Nasoyim ul-muhabbat” asaridagi valiylar obrazlari. (2 soat seminar mashg‘ulot) Reja: Asar haqida umumiy ma’lumot.
Asar so‘zboshisi haqida.
Valiy atamasi va asardagi valiylar haqida tushuncha berish
V Fan o‘qitilishining natijalari Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Alisher Navoiyning fenomeni, shaxsiyati, hayot yo‘li, tafakkur dahosi, o‘zbek tili va adabiyoti, millat madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy va ijodiy faoliyati, o‘zbek davlatchiligi va ma'naviyati tarixida tutgan o‘rni haqida bilimga ega bo‘lishi;
talaba Navoiy asarlarini o‘rganish orqali mumtoz adabiyot namunalarini to‘g‘ri tahlil va talqin qila olish bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Navoiy asarlarining o‘rganilish tarixi, mazmun-mohiyati, poetik merosining vazn xususiyatlari, janrlar poetikasi, xamsachilik an'anasi, tatabbu', nazira, tavr, muxtara' g‘azallarning o‘ziga xos jihatlari, Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya unsurlari, badiiy san'atlarning hosil bo‘lish yo‘llari, majoz tariqida yozilgan she'rlarda qo‘llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy va tasavvufiy istilohlarni sharhlash, badiiy nasr stilistikasi, ramz, timsol va obrazlar mohiyatini anglash, Navoiy asarlari tili, forsiy merosining badiiyati, ilmiy-filologik, tarixiy, irfoniy, diniy-falsafiy asarlarining o‘ziga xos jihatlari, ma'no qatlamlari, o‘zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko‘rsatgan ta'siri bilan bog‘liq masalalarni bilish malakasiga ega bo‘lishi.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘la aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayionlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish uchun quyidagi talablarni bajarish lozim:
- oʻzbek tili va adabiyoti sohasida olingan nazariy amaliy bilimlarni qoʻllash orqali ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- badiiy asarni, adabiy va boshqa matnlarni badiiy tahlil etish hamda uning metodlarini dars davomida qoʻllay olish;
-olingan nazariy va amaliy bilimlarni amaliyotga tatbiq qila olish;
-internet tarmogʻida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yoʻnalgan holda qidirish va topish;
- ilmiy-tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish qobiliyatlariga ega boʻlishi kerak.