Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 180,45 Kb.
səhifə1/8
tarix15.12.2023
ölçüsü180,45 Kb.
#140907
  1   2   3   4   5   6   7   8
Navoiyshunoslik-2-kurs-3-sem.-3-4




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI









TASDIQLAYMAN”
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori_________prof. Sh.Sharipov
2022 yil “___”___________






NAVOIYSHUNOSLIK
FANINING O‘QUV DASTURI
(2-kurs, 3-semestr)

Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Ta‘lim sohasi:

110000 – Ta’lim

Ta‘lim yo`nalishi:

60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti


JIZZAX– 2022

Fan/Modul kodi
351EO‘UM1006

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

Kreditlar
4






Fan/Modul kodi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4




1.

Fanning nomi

Auditoriya soatlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)




Navoiyshunoslik





Ma’ruza 30
Seminar 30

60


120





3

I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – Fanni o‘qitishdan maqsad – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini filolog talabalarga ta'lim berish orqali ularni yuksak ma'naviyatli va keng ma'rifat sohibi etib tarbiyalashdir. O‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma'naviyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich – kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, o‘zbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har tomonlama bilim hosil qilish, ma'naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish ushbu o‘quv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Fanning vazifasi – Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
-Alisher Navoiyning fenomeni, shaxsiyati, hayot yo‘li, tafakkur dahosi, o‘zbek tili va adabiyoti, millat madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy va ijodiy faoliyati, o‘zbek davlatchiligi va ma'naviyati tarixida tutgan o‘rni haqida bilimga ega bo‘lishi;

  • talaba Navoiy asarlarini o‘rganish orqali mumtoz adabiyot namunalarini to‘g‘ri tahlil va talqin qila olish bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • Navoiy asarlarining o‘rganilish tarixi, mazmun-mohiyati, poetik merosining vazn xususiyatlari, janrlar poetikasi, xamsachilik an'anasi, tatabbu', nazira, tavr, muxtara' g‘azallarning o‘ziga xos jihatlari, Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya unsurlari, badiiy san'atlarning hosil bo‘lish yo‘llari, majoz tariqida yozilgan she'rlarda qo‘llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy va tasavvufiy istilohlarni sharhlash, badiiy nasr stilistikasi, ramz, timsol va obrazlar mohiyatini anglash, Navoiy asarlari tili, forsiy merosining badiiyati, ilmiy-filologik, tarixiy, irfoniy, diniy-falsafiy asarlarining o‘ziga xos jihatlari, ma'no qatlamlari, o‘zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko‘rsatgan ta'siri bilan bog‘liq masalalarni bilish malakasiga ega bo‘lishi


Yüklə 180,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin