Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 49,38 Kb.
səhifə2/8
tarix23.12.2022
ölçüsü49,38 Kb.
#121734
1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy madaniyatda o’quv ishlarini rejalashtirish (5-9 sinflar)

Kurs ishining maqsadi: Kurs ishida maktab jismoniy tarbiya tizimida sport o’yinlaridan foydalanishning asosiy yondashuvlari tahlil qilingan. Umumta’lim maktabida sport bilan shug’ullanishning eng muhim maqsadlari - o’quvchilarni sport o’yinlari va mashqlarining turlari bilan tanishtirish, to’g’ri texnikaning asosini qo’yish.
Kurs ishining vazifalari: Maktabda jismoniy tarbiya vositalari yordamida o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi samaradorligini oshirish texnologiyasi ustida ish olib borgan olimlarning adabiyotlari o’rganilib, yangi metodika ishlab chiqildi va maktab o’quvchilarining jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga erishildi.

I.BOB.JISMONIY TARBIYA FANI BO`YICHA O`QUV- TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH (5-9 SINFLAR)


1.1.Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o`rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko`rsatishicha, o`z o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o`qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo`yilgan vazifalarni hal etish yo`llarini va ko`proq samaradorlik manbalrini ko`zda tutadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi. O`rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko`proq qismini ochiq havodan o`tkazishni rejalashtirgan ma`qul.
3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo`lsa, o`quv dasturidan biroz chetlangan bo`lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma`lumki, imkoni bo`lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o`qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko`pincha dastur bo`limiga yangi talablar kiritilganda bo`ladi.
5. Rejalashtirishning aniqligi o`rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko`p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta`minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
Rejalarni tuzishdan oldin o`qituvchi zarur axborotlarni to`plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o`quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o`tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlarini yaxshilab o`rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o`zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o`rganishda o`quv materiallarining sinfdan-sinfga o`tadigan izchilligini ta`minlash imkonini beradi. O`quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o`rganish, bunday ma`lumotlarni hujjatlarni o`rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o`quvchilar bilan suhbatlar boy ma`lumot beradi.
Jismoniy tarbiya bo`yicha o`tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo`llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo`lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.
Jismoniy tarbiya darslari bo`yicha o`quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o`rganish zarur. Ko`pincha bular bir-biridan farq qiladi.
Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o`qituvchiga dastur bo`limlarini nabatma-navbat o`tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o`qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an`analarni o`rganadi, o`quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo`llarini belgilaydi.
O`z o`rnida shuni ta`kidlab o`tish kerakki, jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish ikki guruhga bo`linadi:
1. Davlat hujjatlari.
2. Davlat hujjatlari asosida o`qituvchi tuzgan hujjatlar.
Birinchi galda rejalashtirish ishlarida davlat hujjatlarini ko`rib chiqamiz: O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi standartlari (DTS) va o`quv dasturi.
O`quv dasturi “Jismoniy tarbiya” faniga yillik soatlarning hajmi belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya majmuasi maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” jismoniy tarbiya bo`yi cha o`quv dasturlariga asoslanadi.
DTSlari o`quv dasturi “Jismoniy mashqlar, jismoniy hujjatlarini rivojlantirish uchun mashqlar, jismoniy jihatlarni rivojlantirish uchun mashqlar, fanlararo aloqa uzviylik talablari belgilab berilgan”.
“Dastur tayyorlashda birinchi navbatda jamiyatning sotsial (ijtimoiy) buyurtmasi, ya`ni jamiyat talab ehtiyojlari hisobga olinadi. Maktab bitiruvchilarining jismoniy tayyorgarligi talablari “Alpomish” va “Barchinoy” majmuida o`z aksini topgan, shuni yodda tutish kerakki, dastur alohida sport turlaridan iborat emas, shuning uchun dastur bo`limlaridagi vazifalarni bir marotabada, sharoit, imkoniyat hamda mavsumlarni hisobga olgan holda hal etib borish zarur”.33

Yüklə 49,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin