Jismoniy madaniyatda o’quv ishlarini rejalashtirish (5-9 sinflar)
1.2.Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari Jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o`zgarib boradi. Maktab dasturining o`zgarish sabablariga quyidagilar kiradi:
-o`quv dasturida o`zgarishlar bo`lsa;
-o`quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o`quv jarayoniga qo`llash;
-o`quvchilar ma`lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi;
- jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo`yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo`llashni talab etadi.
DTS va o`quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o`qish zarur, chunki unda o`qituvchi uchun eng zarur va muhim ma`lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo`lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o`quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak.
O`qituvchilarning ko`p yillik tajribalari shuni ko`rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo`yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o`z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o`z ichiga oladi:
a) yillik o`quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi;
b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti.
O`quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o`quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o`quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o`zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko`rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo`yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o`quvchilar tomonidan shu mashqlarni o`zlashtirishning qiyinligi bilan bog`liq bo`lgan tomonlarni hisobga olish zarur.
Dastur o`z ichiga yoshlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasini, dars hajmini, yillik vazifalarni hal etish uchun o`rgatishning aniq vazifalarini, tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini oladi. Bu dastur o`rgatishning eng qulay varianti, nazorat- sinov vaqtini ko`rsatishi, mustaqil mashg`ulotlar vazifalari va manbalari hisobiga kengayib boradi.
O`quv o`rgatish dasturi o`quv faoliyatini samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. O`quv materialini o`rgatish jarayonida o`quvchilar mustaqilligini va faolligini oshiradi, o`rgatish vaqtidan ongli foydalanish imkonini beradi. Ana endi, o`quv dasturini tuzish bosqichlarini ko`rib chiqamiz.
Birinchi bosqich jismoniy sifatlarni rivojlantirish ishi uchun mashqlarni tanlashni o`z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich o`rgatishning ko`p yillik vazifalarini aniqlashdan iborat. Ko`p yillik vazifalarni aniqlab borish, o`quv materiallarining izchilligini va o`zaro aloqasini aniqlamog`i zarur. Mashqlarni o`rganish jarayoni spiral bo`yicha tashkil etiladi: har bir yangi aylanishda, navbatdagi o`quv yilida yangi materialni o`rganish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan harakat tajribalarini muntazam ravishda qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi bosqich, yillik o`rgatish vazifalarini shakllantirishdan iborat. O`qituvchi ma`lum sinfda o`rganiladigan mashqlarning darajasini aniqlash lozim, agar u bir necha sinflar uchun dasturda ko`rsatilgan bo`lsa, bunday mashqlarga yugurish, sakrash, akrobatik va boshqa mashqlar qiladi.
To`rtinchi bosqichda yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan darslar hajmi hisoblab chiqiladi.
Beshinchi bosqich ko`p mehnat talab qiladi, dars vazifalariga aniqlik kiritishdan, ularni hal etish uchun manba tanlash, o`rganiladigan harakat-faoliyat qismlariga yordamchi mashqlarning qaytalanish sonini belgilash va ularni bir butun qilib o`rganishdan iborat.
Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli ma`lum: parallel, ketma-ket va aralash. Dastur materiallarini parallel o`tishda dasrlarda har xil bo`limlardan materiallar kiritiladi. Bo`limni ketma-ket o`tish yuqori sinflarda amalga oshiriladi va yengil atletika, sport o`yinlari, gimnastika va boshqa mashqlar navbatma-navbat hal etiladi. O`quv materialini aralash rejalashtirish deganda birinchi va ikkinchi usulni birga qo`shib olib borish tushuniladi, ya`ni ba`zi bir bo`limlar parallel; ba`zilari alohida o`rganiladi.
Yuqorida sanab o`tilgan usullarning har biri o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. O`rta sinflarda parallel usulini qo`llash yaxshi natija beradi. O`quv materialini parallel usulda o`tish birmuncha yuksaklikka olib keladi. U harakat faoliyatlarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalarni uzoq qo`llash orqali o`rgatishning samaradorlik xususiyatini oshiradi. Bulardan tashqari, bunaqa rejalashtirish darslarni xilma-xil tashkil etish imkonini berib, qiziqarli qiladi. Ammo bu holat sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko`rishni talab etadi.