Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari - o’quv ishlarining asosiy shakli sifatida



Yüklə 49,38 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2022
ölçüsü49,38 Kb.
#121734
1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy madaniyatda o’quv ishlarini rejalashtirish (5-9 sinflar)

2.3.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari - o’quv ishlarining asosiy shakli sifatida.


Bolalarni oilada jismoniy tarbiyalashning tashkiliy shakllari quyidagilar bo’lishi mumkin:
-kun tartibidagi sog’lomlashtirish badantarbiya muolajalari (aerobik badantarbiya, badantarbiya daqiqalari, chiniqish protseduralari);
-mustaqil jismoniy mashq mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya bo’yicha uy topshiriqlarini bajarish;
-o’z xohishiga ko’ra o’yinlar, sayrlar, safarlar, sport ko’ngil ochishlari, shuningdek, kattalar ishtirokida dam olish va ta’til kunlari;
-yashash joylarida o’tkaziladigan musobaqalarda oilaviy qatnashish.
Bu barcha shakllar, belgilariga ko’ra ko’ngilli va majburiyga ajratiladi. Majburiysiga faqat jismoniy tarbiya darslari kiradi (mashg’ulotning sinf-dars tizimi).
Ta’limiy va tarbiyaviy tashkil qilish belgilari bo’yicha qayd qilingan shakllar dars yoki darsdan tashqari bo’lishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mazkur ishni to’g’ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. To’g’ri va oqilona reja barcha o’quv ishlarini, maktabning ommaviy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini aniq tashkil etishga yordam beradi.
Maktabda quyidagi rejalar tuziladi:

  • maktabning bir o’quv yiliga mo’ljallangan jismoniy tarbiya va sport ishlari umumiy rejasi;

  • har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishi rejasi.

Bir yilga mo’ljallangan umumiy reja jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan tuziladi. Reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Umumiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni qamrab oladi: o’quv ishlari, klub kun rejimidagi sog’lomlashtirish badantarbiya tadbirlari, sinfdan tashqari ishlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, tibbiy nazorat, moddiy-o’quv bazani ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish.
Umumiy yillik rejada o’quv ishlari masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi: joy va jihozlardan foydalanish jadvali, mashg’ulotlarni tashkil etish tartibi, mashg’ulotlar uchun kiyim-boshlar va boshqalar. O’quv ishi dars olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir sinf uchun alohida tuzilganda batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan, mashg’ulotgacha o’tkaziladigan badantarbiya bo’lsa, uning o’tkazilish joyi, davom etish vaqti, o’tkazish tartibi, mashg’ulotni boshqarish, majmua tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko’zda tutiladi. Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va o’tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya daqiqalarini tashkil etish va o’tkazish tartibi ko’zda tutiladi hamda namunali mashqlar majmuasini kim tayyorlashi ko’rsatiladi.
Sinfdan tashqari ish bo’iicha rejada avvalo to’garak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqador bo’lgan barcha narsa: sinflarda badantarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya to’garagini kim boshqarishi, qanday sport sho’’balari tashkil etilishi, sho’’ba mashg’ulotlari qaerda va qachon bo’lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar, safarlar, o’yinlar ko’zda tutiladi. Ularni o’tkazish muddati va bu tadbirlarni o’tkazishga javobgar shaxslar ko’rsatiladi. Rejada sayyohlik yurishlarining marshrutlari va muddati, ularga tayyorgarlik ishlari ham ifodalangan bo’ladi
.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda ularga metodik ta`sir etishning xilma-xil usullaridan
foydalanishi kerak. O`quv materialini o`zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo`lgan ehtiyojda katta farq mavjud. Har bir o`quvchida zaruriy mashqlarning soni va hajmi har xil: alohida shug`ullanuvchilarning o`rgatish tempi har xil. Yuqori malakali sportchi tez suratda oqilona yechimlarni topishi va muayyan musobaqa vaziyati uchun eng samarali texnik-taktik harakatlarni qo‘llashni bilishi lozim.
Hech kim jismoniy madaniyat va sportning o'zgaruvchan kuchi bilan taqqoslay olmaydi. Bu quvvat charchoqdan shikoyat qiladigan - qattiq, og'riqli - sog'lom bo'lib, o'jar, sust, tez, zaif, kuchli qiladi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlik sizga yangi murakkab ishlab chiqarish kasblarini tezda o'rganishga imkon beradi; bu shuningdek uchuvchilar, kosmonavtlar va harbiylarni tayyorlashda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.
Jismoniy madaniyat va sport intellektual jarayonlarning rivojlanishiga hissa qo'shadi - diqqat, idrokning aniqligi, eslab qolish, ko'payish, tasavvur qilish, fikrlash, aqliy faoliyatini yaxshilash. Sog'lom, qotib qolgan, jismonan yaxshi rivojlangan o'g'il-qizlar, odatda, o'quv materiallarini yaxshi qabul qiladilar, maktabdagi darslarda kam charchaydilar, shamollash sababli darslarni qoldirmaydilar.
Jismoniy tarbiya ham shaxsni shaxs sifatida shakllantirishning eng muhim vositasidir. Jismoniy mashqlar sizni ongga, irodaga, axloqiy xarakterga, o'g'il va qizlarning xarakter xususiyatlariga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazishga imkon beradi. Ular nafaqat tanadagi sezilarli biologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi, balki insonning ma'naviy dunyosini tavsiflovchi axloqiy e'tiqodlar, odatlar, didlar va boshqa jihatlarning rivojlanishini ko'p jihatdan aniqlaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotida prinsiplarning xilma-xil guruxlari mavjud. Jismoniy madaniyat tizimining umumiy va metodik prinsiplari, jismoniy madaniyatning ayrim ko`rinishlari xususiyat larini ifodalovchi (masalan, sport trenirovkasi, kosmonavtlar, ut uchi ruvchilar trenirovkasi va xokazo) prinsiplari mavjud. Ular bir-biri bilan o`zviy bog`liq bo`lib, prinsiplarning yagona tizimini tashqil eta di. Eng avvalo, biz jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular kuyidagilardan iborat: a) jismoniy madaniyatning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy madaniyatning sog`lomlashtirishga yunaltirish prinsipi.
Jismoniy madaniyat jarayonida nazariy prinsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini utasa, ikkinchi tomondan, jismoniy madaniyat jarayonida o`qituvchini nazariy va metodik jixatdan ma`lum ramka(kolip)ga, yunalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda prinsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim holatlarda: prinsipga jismoniy madaniyatdagi ma`lum bilimlarning bir kiyem i, yoki faoliyatga yurikch i(ko`rsatma beruvchi), yokiturli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.



Yüklə 49,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin