Abdulla sher axloqshunoslik


Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

2. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Ixtiyor erkinligi to ‘g ‘risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o ‘zi 
haqida mulohaza qilib ko‘rish lozim bo'ladi. C hunki «erkinlik» atamasi 
bir tomondan, sodda, aniq, hammaga tushunarli so‘z, ikkinchi tom ondan 
esa о ta murakkab, tum anli, o'zgarib turuvchi tushuncha; u ham m ani, 
ayniqsa yoshlarni ohanrabodek o ‘ziga tortadi. «Aslida esa tarixda erkinlik 
nomi ostida ko‘p ulug‘ ishlar amalga oshirilgan, lekin, aynan shu nom 
bilan qanchadan qancha gunohlar qilingan. H ar bir kishining xayoliga 
kelganida yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan- 
qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so‘qirliklar o ‘zini bezadi 
va bezam oqda»1. V .V indelband o ‘z fikrini davom ettirib , erkinlik 
atamasining mazmuni siyosat va falsafa olamida hozirgacha turli xil 
b o ‘lib kelayotgannini, «haqiqiy erkinlik» tu sh un ch asi esa nim ani 
anglatishi hali ham ayon emasligini aytib o ‘tadi.
Bunday «tushunmovchiliklar»ning sababi, bizningcha, shundaki, 
inson erkinligi hech qachon yolg‘iz, alohida olingan erkinlik bo‘lolmaydi,
1 Виндельбанд В. О свободе воли. М инск-М осква, «Харвест» - ACT, 2000. С.
8
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


u, Sartr aytganidek, erkinliklar ro‘parasidagi erkinlik. Aynan shuning 
uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb etolmaydi, uni doim zamon, 
makon, inson va narsalar erkinligi - boshqa erkinliklar cheklab turadi; 
inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir 
narsadangina erkin, ozod bo'lishi mumkin. М., sport musobaqalanda 
universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa shaharga borgan talaba 
darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin, u darslarga 
nisbatan erkinlikka ega bo‘lgani holda, butunlay erkin emas -“ sport 
musobaqalarida qatnashish majburiyatini olgan. Shunday qilib, bir 
erkinlikning qo‘lga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan - sport musobaqalanda 
qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi. D em ak, bir 
tom ondan erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, 
ikkinchi tomondan, shuning uchun ham, har qanday erkinlik cheklangan
holdagina voqe bo‘ladi. 
.
Endi ixtiyor erkinligi nima, degan masalaga to xtalamiz. UastiaoKi 
muammo atama bilan bog'liq. 0 ‘zbek tilidagi falsafiy adabiyotlarda 
asosan «iroda erkinligi» degan noto‘g‘ri ibora qo‘llamladi. Buning sababi
— rus tilidagi «volya» so‘zining mantiqan xato, «sila voli» tarzida taijima 
qilishida, vaholanki «volya» - «erk», «erkinlik», «sila voli» - iroda 
(«iroda kuchi» emas) m a’nolarini anglatadi. Bizda «iroda falsatasinmg» 
otasi deb nom olgan Artur Shopenhauem ing mazkur falsafam asoslab 
bergan to ‘rt jildlik fundamental asarida gap iroda haqida emas, balki 
ixtiyor haqida boradi. Asar olmonchadagi asliyatda «Diye Welt als Wule 
und Vorstellung» deb ataladi, o ‘zbekchasiga bu «Olam ixtiyor va tasayvur 
sifatida» (ruschasiga «Мир как воля и представление») deb tarjima 
qilinadi. Zero 

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin