Shu o'rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik
to ‘g‘risida qisqacha to ‘xtalib o ‘tm oq lozim. Millatchilik o ‘z m illatini
ajra tib olib, unga buyuklik m a q o m in i berishg a in tilish b o ‘lsa,
millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o ‘z m illati ravnaqi
uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o ‘z hayotini ham fido qilish
demakdir. U insonparvarlik bilan ham cham barchas bog‘liq. C hunki
o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlam i
seva olmaydi.
Asl millatparvar — milliy o ‘zligini anglab yetgan inson. U o ‘z millati
bilan faxrlanadi, o ‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi.
Chunonchi, Navoiy d o ‘ppi bilan to ‘n kiygan o'zbekni har qanday shoh
jamolidan afzal ko'radi:
Dostları ilə paylaş: