saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi.
Shuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota-onanmg
yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir
necha farzandga o ‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi m unosabati bilan oila
tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham
dunyoviy nuqtayi nazardan
buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa
xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan
olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin,
zero, u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. H ar bir jamiyat mana shu so nggi
turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha
kam aysa, u o ‘sha ja m iy a tn in g axloqiy jih a td a n ta k o m illash ib
borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda,
hammamizga ayon bo lishi
tabiiyki, oila so g io m ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam
ekan - mamlakat barqarordir»1
2. Fuqarolik jam iyatining axloqiy asoslari
D astlabki axloq m askani b o ‘lm ish oilalar yig‘indisi fuqarolik
jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati m ohiyatan oila
bilan davlat o ‘rtasidagi daraja. G archand, uning taraqqiyoti davlat
taraqqiyotidan keyinroq ro‘y
bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi,
ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil
nimadir — rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak.
Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero,
hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi.
Fuqarolik jam iyatida har bir odam o ‘zi uchun maqsad. Biroq, u
boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to la
erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga yetishishi yo‘lidagi vositadir.
Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o ‘zaro munosabatlar
vositasida, ularning farovonlikka intilishini
qanoatlantirgani holda, о zi
ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida
yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun b o'lgan har bir
fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jam iyatning о shanday
yashashiga olib keladi.
.. .
Fuqarolik
jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojim uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ehnati vositasida qondirishi barobarida, shu m ehnat vositasida barcha
qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o ‘z a ’zolarining shaxsiy
erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga
daxl qilinishiga yo‘l q o ‘ymaydi. Fuqarolik jam iyati turli tabaqalardan
tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar
ro ‘y berishi mumkin emas. Chunki,
bunda shaxs - davlat fuqarosi,
muayyan inson manfaatlari birinchi o ‘rinda turadi va bu m anfaatlar,
aytganimizdek, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi!
Z otan, «Biz uchun fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu m akonda
qonun ustuvor bo'lib, u insonning o ‘z-o ‘zini kamol toptirishiga m onelik
qilmaydi, aksincha, yordam deradi. Shaxs m anfaatlari,
uning huquq va
erkinliklari to ‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi»*.
Fuqarolik jamiyatining yashash sharti - erkinlik. Shaxsning qonun
doirasidagi so‘z erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to ‘la yo‘l
q o ‘yi!mas ekan, fuqarolik jam iyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu
jam iyatning yana bir muhim tom oni shundaki, unda qarindoshlik,
u r u g ‘d o sh lik , e la td o s h lik sin g a ri h is s iy o tla rd a n k a s b d o s h lik ,
mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo‘ladi;
yonm a-yon
ishlayotgan va yashayotgan jam iyat a ’zolari, «begonalar» — um um iy
maqsad uchun kurashayotgan ham m a yelkadoshlar o ‘zlarining uzoq
qarindoshlaridan ko‘ra bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab
yetadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida,
hokim iyat idoralari tazyiqidan qonun bilan him oyalangan ixtiyoriy
tuzilm alar ko‘magida ish olib boradi. Shu bois davlatimiz rahbari Islom
K arim ov fuqarolik ja m iy a tin i m a m lak a tim iz
siyosiy va d av lat
qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida ta ’kidlaydi va bu
xususiyatning mohiyatini mahalliy hokimiyat va fuqarolam ing o ‘zini-
o ‘zi boshqarish organlari vazifalarini kengaytirish, ularga davlat
vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat
va jam oat tuzilmalari huquqi va maVqeyini oshirishni ko‘zda tutadigan
«K uchli davlatdan — kuchli jam iyat sari» konsepsiyasini am alga
oshirishdan iborat» deb ta ’riflaydi2.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga
Dostları ilə paylaş: