Abdulla sher axloqshunoslik


Shu cho ‘qqida, jonim , quraylik



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Shu cho ‘qqida, jonim , quraylik
Biz uchinchi — yangicha cherkov;
So ‘ng yangicha «Ahd ul-jadid»dan
Oyat kuylab yashaylik ikkov.
Endi ruhning ikki xil fe ’li
Haqidagi mish-mishlar bitdi.
Bu kunlarda gunohdan cho ‘chib,
Tanni qiynash odati yitdi.
Ilg ‘adingmi, tangri sasi bor
Bu ko'pirgan tubsiz q a ’r aro?
K o ‘ryapsanmi osmonda uning
Minglab shami sochmoqda ziyo?
Bor mavjudot ichra tangri bor,
Tangri bilan borliq go ‘zal, hur.
Tangri — zulmat, tangri — nur, hayot,
Tangri — bizning bo ‘salar erur1.
Bu she’rni o ‘qigan odam albatta, uni S harq m u m to z falsafasidan 
xabardor odam yozganini sezadi, h a tto m u tasaw if-faylasu flarim izning ,
www.ziyouz.com kutubxonasi


xususan, Aziziddin N asafiyning fikriari buyuk O vro‘pa shoiri satrlaridan 
o ‘zgarishsiz joy olganini va bu fikrlar Ovro‘pa millatlari tabiatiga naqadar 
singishib ketganini anglaydi.
6. 0 ‘rta asrlar Ovro‘pa axloqshunosligi
A w algi m avzuda aytib o ‘tilganidek, hurfikrlilik borasida 0 ‘rta asrlar 
O v ro ‘p asida Q adim gi Y u n o n va 0 ‘rta asrlar m u su lm o n Sharqiga 
solishtirib b o ‘lmaydigan darajada qashshoqlik mavjud edi. G ap shundaki, 
0 ‘rta asrlar Ovro‘pasida nasroniylik dini falsafa, adabiyot va san ’at 
kabi m a ’naviy sohalarga yondosh turish bilan kifoyalanm adi, balki ular 
orasida birinchi b o ‘lishga, m utlaq hukm ronlikka intildi. Axloqshunosiik 
oldida nasroniylik ta ’lim otini ratsional tarzda um um lashtirish vazifasi 
tu rard i — cherkov talabining m ohiyati ana shu edi. M azkur vazifa esa 
Bibliyodagi quyidagi axloqiy konsepsiyadan kelib chiqadi.
X udo olam ning yaratuvchisi va unga jo n baxsh etuvchi m ohiyatdir. 
U — m utlaq ijodiy-yaratuvchi ibtido, ayni paytda, olam ning oliy maqsadi, 
yashirin m a’nosi. X udo nim aniki yaratadigan b o ‘lsa, uni o ‘zi uchun 
yaratadi va faqat birgina U o ‘z faoliyatining sababi, m e ’yori va maqsadini 
o ‘zida mujassam etadi. Boshqa b archa m avjudot bunday m uxtorlikdan 
benasib: ular Xudo sababli va X udo uchun m avjud. Inson ham bundan 
m ustasno emas. Lekin inson, shuning barobarida, m uayyan imtiyozga 
h a m ega zot. Z ero, u X udoga o ‘xshash, am m o X udo bilan aynan emas: 
hissiyotli, o ‘limga m ahkum yerdagi mavjudot. U erkin qilib yaratilgan 
va oliy m aqsadi b o ‘lm ish — Xudoga ibodat uning uchun m ajburiyat 
shaklida yuzaga chiqadi. C h unki insonning yerdagi, o ‘z baxtini izlashga 
qaratilgan butun hayoti — inkor etilishi lozim b o ‘lgan gunohkorlikdan 
iborat. Ilk ajdod — O d am A toning qilm ishi bunga yorqin misoldir. 
Xullas, nasroniylik ta ’lim oti m antiqiga ko ‘ra, inson Xudoga ibodat qilish 
u c h u n yaratilgan, biroq u o ‘zi X udo b o ‘lgisi kelib qoladi: barcha insoniy 
baxtsizliklarning sababi m an a shu kibru havo, axloqiy m ustaqillikka 
d a ’vodan kelib chiqadi, um u m an , ham m a yovuzliklam ing ildizi shunda.
S hunday qilib, nasroniylik axloqi m avjudlikning m ohiyat bilan mos 
kelm asligiga asoslanadi. In so n o ‘zining m ohiyatan belgilangan o ‘zligini 
a m a lg a o sh ira o lm a y d i. C h u n k i u g u n o h k o r z o t; u faq at X u d o
y ordam idagina g u n o h d a n qutilishi m um kin. Iso — insonning X udo 
b ilan birlashuviga va, ayni paytda, bunday birlashuvning faqat Xudo 
tufayligina ro ‘y berishiga dalolatdir. Shu bois X udoga iqtido Isoga iqtido
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilishda o ‘zini nam oyon etadi. O dam A todan gunohkorlik b oshlan gan
b o ‘lsa, Isodan yangilanish, ruhan qayta tu g ‘ilish boshlanadi, ch u n k i 
aynan u gunohdan qutulish y o ‘lini k o ‘rsatdi. Iso o ‘z m avjudligining 
oliy va vagona m a ’nosini Xudo — O taga yetishishda deb biladi. U 
havoriylarni o ta-o n ay u , o ‘g ‘iI-qizlarini tark etishga ch aq irad i, ch u n k i 
kim da-kim gun o h d an qutulish yo‘liga kirsa, uning qalbida X u d o d an
o ‘zga zotga joy b o ‘lmasligi kerak, yon-veringdagilarni xuddi o ‘zingdek 
sevmoq Xudoga m uhabbatning in ’ikosidir; X udoni sevm oq ularni sevish 
orqali amalga oshadi. H am m ani sevish kerak, degan talab sh u n d an . 
Agar inson tanlab sevsa, birovga ezgulik, boshqasiga yovuzlik qilishi 
m um kin va bu bilan u b o ‘yniga X udolik h u qu qini olgan, y a ’ni n im a
adolatli-yu, nim a adolatsiz ekanini o ‘zi hal etgan b o ‘lardi.
0 ‘rta asrlar O vro‘pa axloqshunosligininng yirik vakili Avreliy Avgustin
— Ilohiy O g ‘ustin (lo tin ch a Avgustinus Sanktus, 354 — 43) «Tazarru» 
h am da «Ezgulik va erkin ixtiyor haqida» d eg an asarlarida a n a shu 
m uam m olarni o ‘rtaga tashladi va hal qilishga urindi. U n in g fikriga 
ko‘ra, Xudo barcha g o‘zalliklar m anbai va eng oliy go ‘zallikdir. X udoning 
irodasi — m uayyan, m azm unid an q a t’i nazar, ezgulik, n e ’m at, yagona 
oliy n e ’mat. H am m a narsa, X udodan b o 'lg an i u c h u n — ezgu, nim aiki 
m avju d e k a n , h a m m a s i ezg u ; b o rliq — q a d r iy a tla r n in g t a r tib li 
bosqichlaridan iborat. Borliq ichidagi eng m uh im farq X udo bilan olam , 
Y aratgan bilan yaratilm ish orasidagi farqdir, m an a shu farq axloqning 
asosi hisoblanadi. H a r qanday x atti-h arak at faqat borliq ta rtib in i aks 
ettirishi va Xudoga intilish bilan boshqa intilishlarni farqlashi, y a ’ni 
oliy intilishni tuban intilishlardan q a t’iy ajratib olishi orqali b ah o lan ad i. 
Bu — tartibni talab qiladi, h am m a narsada tartib m u h im , ag a r biz 
h a y o tim iz d a u n g a s u y a n sa k , u b iz n i X u d o g a y e tis h tir a d i, u n g a
suyanm asak, Xudoga yetisha olm aym iz. Shu sababli inson faoliyatida 
ikki xil m unosabatni farqlam oq lozim — lazzat va foydaga intilish. 
Lazzat — faqat birgina X udodan; qolgan h a m m a narsalar foydalanish 
obyekti h isoblanadi. Y erdagi n e ’m a tla r faq a t y e rd a n ta s h q a rid a g i 
n e ’m atlarni targ‘ib qilish u c h u n vositadir. X u d o d a n q u v on ch tu y g in -u , 
lekin undan foydalanm a, yerdagi n e ’m atlardan foydalan-u, lekin ulardan 
quvonch tuym a. Avgustin axloqiy t a ’lim o ti a n a shu ta la b d a n kelib 
chiqadi.
X udo, Avgustin nuqtayi nazarida, insonni — O dam A to n i erk in , 
gun oh qilmaslik im koniyatiga ega zot qilib yaratdi. Ayni p ay td a U 
ixtiyor erkinligi faoliyatining aniq yo ‘nalishini belgilab berdi. Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi


O dam Ato, nima qilish kerakligini o ‘zim bilam an, degan kibr bilan
X udoning ko‘rsatmasini buzdi; inson ixtiyor erkinligini nojoiz q o ‘llagani 
uch u n gunohga botdi. O dam Ato qanday b o ‘lsa, undan paydo bo lgan 
boshqa odam lar ham xuddi shunday. Birinchi odam qilgan gunohga 
h am m a odam javobgar, h ar b ir odam o ‘z tishida Odam A to yegan 
olm adan qolgan qam ashishni his etib turadi. D em ak, ham m a narsa
b archa ezgulik X udodan; yovuzlik — ezgulikning yo‘qligi, ezgulikdan 
yuz burish, nuqs, xato. U inson ixtiyorining xususiyati, ixtiyorning 
tubanlikka qaratilishidir; u — Xudo ko'rsatm alaridan chekinish, gunoh.
Avgustin ta ’lim otini m a ’lum m a’noda m uhabbat axloqi ham deyish 
m um kin. Faylasuf-ilohiyotchi m uhabbatni h a r b ir narsani o ‘z tabiiy, 
qonuniy o ‘rnini egallashi uchun intilishga m ajbur qiluvchi fazoviy qudrat 
sifatida talqin etadi. M uhabbat — tugallikka, orom ga intilish. Inson 
nafaqat sevadi, ayni paytda u m uhabbatni o ‘z m unosabatlarining obyekti 
h a m deb b ilad i; in so n m u h ab b a tn in g o ‘zin i sevish yo sevm aslik 
qobiliyatiga ega. Axloqiy vazifa m ana shu m uhabbatni inson tabiatiga 
o ‘xshash obyektga y o ‘naltirishdir. Bu obyekt esa — Xudo. M uhabbatning 
sezgi a ’zolariga hech qanday aloqasi y o ‘q, u ruhning sirli qa’ridan, ru h
paydo b o ‘ladigan m akondan iborat.
Shu tarzda A vgustinning axloqiy t a ’lim oti ja h o n axloqshunosligi 
tarix ida m uhabbat m asalasini birinchi b o ‘lib o ‘rtaga tashladi va bu 
t a ’lim ot keyingi davr m utafakkirlari qarashlariga katta ta ’sir k o ‘rsatdi.
0 ‘rta asrlar O vro‘pasida Avgustindan keyingi eng yirik axloqshunos 

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin