Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1 Кант И. С очинения в 6 т. 
Т. 
4. ч. 1. С. 228.
2 0 ‘sha manba. С. 463.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu munosabatdagi majburiyatlarning ikkitasini K ant eng muhim deb 
hisoblaydi. Bular — muhabbat va hurm at. H ar bir kishining burchi — 
xayrli ishlar qilishidan, ya’ni biror-bir mukofotga umid bogMamasdan, 
imkon qadar odamlarga yordam berishidan va ularning baxtli boMishiga 
ko‘maklashuvidan iborat. Mutafakkir insonparvarlikni eng muhim fazilat, 
insonni sevmaslikni asosiy illat deb hisoblaydi. Shuningdek, Kant adolat, 
rostgo‘ylik, d o ‘stlik singari tushunchalarga ham bafuija to ‘xtaladi.
Kant axloqshunosligining cho‘qqisi — abadiy tinchlik g ‘oyasi; hech 
qanday urushga yo‘l yo‘q: na men bilan sening orangdagi tabiiy holatdagi 
urushga, na oramizdagi davlatlar sifatidagi urushga yo‘l yo‘q, urush har 
kim o ‘z huquqini qo‘lga kiritishi uchun zarur bo'lgan usul emas. Ayni 
paytda, insoniyat uchun axloqiy komillikka erishuvning faol vositasini 
mutafakkir m a’rifatda ko‘radi. M a’rifat uchun esa faqat erkinlik, erkinlik 
boMganda ham juda zararsiz, har bir holatda o ‘z aqlidan oshkora 
foydalanadigan erkinlik zarur. Erkin, hayratlanib, ixlos bilan yashash 
lozim. Kant inson sifatida ham shunday yashab o ‘tdi. U ning ikki narsa 
haqida qancha ko‘p, qancha uzoq o ‘ylaganing sari qalbing tobora yangi, 
tobora kuchayib boruvchi hayrat va ixlos bilan to ‘lib-toshaveradi, bular
— boshim ustidagi yulduzli osmon va mening botinimdagi axloqiy qonun, 
degan gaplari eng aw alo o ‘ziga taalluqli edi.
Im m anuyel Kant qarashlarini o ‘rganib o ‘ziga xos rivojlantirgan 
faylasuf — Yohann Gotlib Fixtedir (1762—1814). U «fan ta ’limoti» yoki 
«fan haqida fan» degan tushunchani kiritadi; falsafani u ana shunday 
nom bilan atadi va falsafada o ‘z tizim ini yaratdi. Falsafa fan haqidagi 
fan ekan, d em ak , faylasuf — t a ’lim o tc h i — m u allim , a n iq ro g ‘i 
insoniyatning muallimi, tarbiyachisi. Fixte falsafiy tizim ining asosini 
«Men — menman» va «Men emas — M enm asm an» degan ikki tamoyil 
tashkil etadi. Birinchi tamoyil M enning o ‘ziga moyilligi, insonning 
abadiy yuksaklikka intilishi, ya’ni u bor narsa emas, balki b o ‘lishi kerak 
narsa. Demak, falsafa yoki fan ta ’limoti aynan (faylasuf tafakkurida) 
insoniyatga o ‘zining cheksiz davom etadigan taraqqiyoti natijasida 
nim alar qilishi lozimligini ko‘rsatib beradi. M en — M enm an tamoyili, 
bu — shunday falsafiy doiraki, undagi harakat ibtidosi ayni paytda intiho 
hamdir. M en, bu — d a’vat, talab, bu — aynanlikka intilish bizga berilgan 
emas, balki topshirilgan, buyurilgan. A na shu aynanlikka erishilgan 
paytda inson ilohiylashadi: inson nim a qilishi kerak bo‘lsa, o ‘shani qila 
oladi, bordiyu u, m en nimanidir qila olm aym an desa, bu uning o ‘shani 
xohlamaganidir. Faylasufning axloqiy qarashlari m a’lum m a’noda ana
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu fikrga asoslangan. 

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin