Abdulla sher axloqshunoslik


Fyodor M ixaylovich Dostoyevskiy



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Fyodor M ixaylovich Dostoyevskiy
(1821 — 1881) ham dinga axloqiy nuqtayi nazaridan yondashadi. U 
pravoslavlikni, Isoga iqtido qilishning muayyan shaklini axloq va 
vijdonning, demakki, ijtimoiy kuch, ilm-fan — ham m a-ham m asining 
ibtidosi deb ataydi. Shu bois pravoslav ta ’limotini nafaqat cherkovu 
rasm-rusumlar deb, balki jonli tuyg‘u, xalqning yashashini ta ’minlaydigan 
tirik kuch sifatida taqdim etadi. U ning fikriga k o ‘ra, nasroniylik
Xudoning insonga jo bo‘lishi mumkinligiga isbotdir. U inson erishishi 
mumkin bo‘lgan odamzodning eng ulug‘ g‘oyasi va eng ulug‘ sharafidir.
Dostoyevskiy halollik, haqiqatparvarlik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik, o ‘z 
qadr-qim matini bilish, burch-u m as’uliyatni his etish, dunyoni uyg‘un 
va yaxlit idrok qilish kabi fazilatlarni e ’tiqod, Xudo va ruhning oMmasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamda yerdagi inson hayotining tasodifiy emasligi bilan bogiaydi. Uning 
nazdida, har qanday yagona hayot ibtidosi, hayot ruhi, «hayotlarning 
hayoti» sanalmish oliy m a’nodagi adolatga tabiiy ishonch bo'lm asa, 
insonparvarlik g‘oyalari chala va notamom tarzda qolib ketaveradi
xam irdek oshib-toshib, o ‘z m a’naviy oqilligini sovuradi; «Xudoning 
yo'qligini insonga muhabbat bilan almashtirib bo‘lmaydi, chunki inson 
darrov, nim a uchun men insoniyatni sevishim kerak, deb so‘raydi»'.
Dostoyevskiy axloqiy ta ’limotida idealni harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch va shaxs rivojlanishi-yu erkinning to‘liq ifodasi, ayni paytda, o ‘zini 
cheklash - fidoyilik, Odam Ato yaratgan «fe’l» ustidan g ‘alabadir. 
H aqiqiy m a’naviy m uhabbatning asosiy xususiyati uning bem innat 
qurbonlikka tayyorligida, o ‘z obyektiga to‘liq o ‘zini baxsh etishida. Aks 
holda, muhabbat o ‘zining teskarisiga, xudbinlik hissi va kibrning yashirin 
shakliga, soxtalikka aylanadi. Inson baxt uchun tug‘ilmaydi, doimo 
iztirob orqali baxtga noil b o ‘ladi. Bevosita haqiqiy muhabbatni anglab 
yetishning, unga erishishning yagona yo‘li hamdardlik va iztirobdir. 
Haqiqiy muhabbatsiz na asl m a’naviy o‘zgarish, na axloqiy taraqqiyot 
bor. M uhabbat tufayli inson chor-atrofga o ‘z foydasiyu manfaatiga 
xizm at qiluvchi m uhit deb, odamlarga o ‘zining oyoqqa turishi va 
m avhum ideallarini barqaror etishi uchun faqat material, vosita deb 
q a rash n i to ‘xtatad i, shaxs ichki dunyosining, o ‘ziga xosligining 
takrorlanmasligini anglab yetish ham da axloqiy mezonlar bilan baholash 
im koniga ega bo‘ladi.
Buyuk yozuvchi m uhabbat bilan bir manbadan — «asriy ideabdan 
kelib chiqadigan vijdonni ham inson qalbiga muhabbatga o ‘xshash ta ’sir 
ko ‘rsatish in i, insonning o ‘z diqqat m arkazini boshqa odam larga 
qaratishga da’vat qilishini ta ’kidlaydi. Vijdon insonga ato etilgan ne’mat, 
u orqali odam bolasi o ‘z gunohkorligini, aybini, m a’naviy komil 
em aslig in i anglaydi; u ezgulik va yovuzlikni tu bdan farqlashda 
ehtiroslarni, xudbinlarcha manfaatparastlikni yengishda yordam beradi. 
Lekin Dostoyevskiy vijdonni Xudosiz tasaw ur qila olmaydi; «Vijdon 
Xudosiz b o ‘lsa, bu — dahshat, — deydi u, — bunday vijdon yo'ldan 
ozib, eng tuban axloqsizlikkacha bo rib yetishi mumkin... Kofirlarni 
gulxanda yoqqanlarni axloqiy odam lar deb aytolmayman, zero, men,

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin