tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr
ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. Respublikamiz Prezidenti
Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun
e tiborli
xulosa bo‘la oladi deb o‘ylaymiz:
«Shu o ‘rinda ta ’kidlamoqchi edimki,
dunyoviylik,
ayrim aqidaparast
kimsalarning da’volaridan farqli o ‘laroq, aslo
dahriylik
emas. Biz bunday
noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»1.
XX
asrbuyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan
keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib,
inson transtendental
bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan
qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini
o‘zi
ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq
edi. Agar diqqat qilsak, mutafakkirning fikri Qur’oni karim «Baqara»
surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang
(Ey M uhamm ad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni)
xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U
yerda
buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to ‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi?
Holbuki, biz ham du sano aytish bilan Seni ulug'laymiz va Sening
nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan
narsalami bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalammg ismlarini
o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka
biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa,
mana bu narsalarning
ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz
faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o'zing ilmu hikmat
sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir>>,
dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin
(Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yer-u osmonlaming sirlarini va sizlar oshkor
qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang
(Ey M uhamm ad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz
bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan bo ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi.
Demak, Xudo bu bilan
barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi
nazaridan o ‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e Ion etdi.
Odam — Xudoning yerdagi xalifasi.
Shu o ‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to ‘xtalmoq
Dostları ilə paylaş: