qaraganda, Prezident Islom Karimovning: «Aslini olganda, axloq —
m a’naviyatning o ‘zagi», degan so‘zlari yuqoridagi fikrlarimiz uchun
tabiiy xulosa bo‘lib jaranglaydi. Darhaqiqat, axloq ma’naviyat tizimidagi
eng ta ’sirchan, eng baquwat halqa, usiz odamzod ma’naviyatini tasaw ur
qilish mumkin emas.
Shu o ‘rinda axloqning m a’naviyat tizimidagi «o‘zak»lik xususiyati
haqida batafsilroq to ‘xtalmoq joiz deb o ‘ylaymiz. Negaki, axloqni
mohiyatan mehvarga o ‘xshatish mumkin — qolgan m a’naviy qadriyatlar
uning atrofida aylanadi, undan uzoqlashdimi, bas, mehvardan chiqib
ketgan sayyoradek puchmoqda parchalanib halok bo‘ladi. Masalan,
yuqorida k o ‘rib o ‘tg anim iz — d in n i olaylik: b a ’zi ek strem istik
guruhlarning paydo bo‘lishida asosiy sabab — ular tom onidan diniy
aqidalarning mutlaqlashtirilishi. Bu mutlaqlashtirish faqat axloqiylik
chetga surib qo‘yilgan holatdagina yuz beradi. Aqidaparastlar dinning
Alloh tom onidan belgilab qo‘yilgan vazifasini — axloqiy yuksak, komil
insonni tarbiyalash uchun xizmat qilishini inkor etadilar, bu bilan go‘yo
dinni yuksakka ko‘tarmoqchi bo'ladilar. Lekin aslida dinning obro‘sini
tushirishga xizmat qiladilar. Chunki din hech qachon maqsad bo lgan
emas, bo‘lolmaydi ham, u solih bandani tarbiyalash vositasi, ya ni axloq
- maqsad, din esa - vosita, faqat yuksak axloq egasigina Alloh vasliga
muyassar bo‘la oladi. Boshqacha qilib aytganda, Alloh — M utlaq va
Oliy maqsad, axloq — nisbiy maqsad, din esa vosita. Shuning uchun
Q ur’oni karimda Alloh o ‘z bandalariga nozil qilgan ilohiy kitoblarning
hammasini hurm at qilishni, ahli kitoblarni esa kamsitmaslikni qayta-
qayta buyuradi.
«M oida» su rasining 4 8 -o y atid a shunday m arh am at qilinadi:
«Sizlardan har bir millat (ya’ni din) uchun (alohida) shariat va yo‘l
qilib qo‘ydik. Agar Alloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib
qo‘ygan bo‘lur edi. Lekin 0 ‘zi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon
qilish uchun (har bir millatga) alohida shariat, yo‘l qilib q o ‘ydi>>'.
Demak, dunyoni zo‘rlik yo‘li bilan islomlashtirish yoki nasroniylashtirish
mohiyatan Allohga qarshi borish, eng ulkan axloqsizlikdir. Shu bois
odam larni islomga zo‘rlik yo‘li bilan, qurol kuchi bilan kiritmoqchi
b o ‘lgan diniy-ekstremistik guruhlar va butun dunyoni «musulmonobod»
Dostları ilə paylaş: