Abdulla sher axloqshunoslik


Insonparvarlik va erkparvarlik



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1. Insonparvarlik va erkparvarlik
Insonparvarlik. 
A xloqiy ta m o y illarn in g eng q a d im iy va eng 
muhimlaridan biri — insonparvarlik. U — insonning yuksak ijtimoiy 
vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g ‘oyalar, qarashlar va 
e ’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qim m ati, uning baxtli b o ‘lish 
huquqini talab etish im konining mavjudligiga yengilm as ishonch. 
Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro'pa Uyg'onish mutafakkirlari ilgari 
surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastaw al Sharqda 
o ‘rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan m a’noni bildiruvchi 
«namlulu» so‘zi b undan 3—4 ming yillar a w a lg i Q adim gi S om ir 
giltaxtalarida uchraydi.
Umumjahoniy dinlam ing ham masida ham insonparvarlik g ‘oyalari 
ustuvor hisoblanadi. C h u n o n c h i, m usulm on m a n o q ib la rid a tu rli
267
www.ziyouz.com kutubxonasi


variantlarda uchraydigan mashhur rivoyat bor. Rivoyat qilinishicha, 
Xudoga yetishgan odamning xonadoniga yemak so‘rab bir majusiy kiradi. 
Mezbon, unga musulmon bo'lsang, qom ingni to ‘ydiraman, b o ‘lmasa 
yo‘q, deydi. Majusiy ко‘nmay chiqib ketadi. Shunda Xudodan, nega 
unga taorn berm ading, degan nido keladi. Mezbon, u kofirlikdan 
kechmagani uchun shunday qildim, deb javob beradi. Shunda Tangri 
mezbonga, kofir b o ‘lsa ham, axir, mening bandam-ku, inson-ku, deb 
tezda uni qaytarib kelib, qornini to ‘ydirishni buyuradi.
Demak, insonparvarlikning ibtidosi Tangridan va har b ir inson 
boshqalaiga mehr-muhabbat, m uruw at bilan munosabat qilmog i lozim. 
Zero, Hadisi sharifda «Odamlarga rahmli b o ‘lmagan kishiga Allohning 
ham rahmi kelmaydi», deyiladi. Ushbu hadis so‘zlariga mos misolni 
nasroniylikda ham uchratish mumkin. Buyuk rus faylasuf yozuvchisi 
F.Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar» romanida «Bir bosh piyoz» 
degan bob bor. U nda roman qahram onlaridan biri Grushenka tilidan 
shunday rivoyat keltiriladi:
Qadimda bir johil kampir bo‘lgan ekan, o ‘libdi-yu, o‘lganidan so‘ng 
und an b iro r-b ir yaxshilik qolm abdi; shaytonlar uni olovli k o ‘lga 
irg'itishibdi. 0 ‘ng farishta o‘ylab qolibdi: qani endi kampiming biror-bir 
fazilatini topsa-yu, Xudoga yetkazsa! Shunda kampiming tom orqadan 
bir bosh piyozni yulib olib, gadoy ayolga sadaqa qilganini eslabdi-da, 
uni Xudoga aytibdi. Xudo shunda farishtaga: bor, o‘sha bir bosh ко к 
piyozni olib, uzat, agar unga osilib ko‘ldan chiqsa, kampir jannatga 
kirsin, mayli, agar piyoz uzilib ketsa, o ‘sha yerda qoladi, debdi. Farishta 
kampirga piyozni uzatibdi va kampir osilib chiqa boshlabdi, endi qutulib 
chiqay deganda, qarasa, boshqa gunohkorlar ham uning ketidan 
chumoliday osilib ko‘ldan chiqib boryapti. Badfe’l kampir ulami tepib, 
pastga tushirishga urinib: «Senlarni emas, meni tortib chiqaryapti, piyoz 
senlamiki emas, meniki», debdi. Shu gaplami aytib bo‘lar-bo‘lmas piyoz 
uzilib ketibdi va kampir hozirgacha o ‘sha olovli ko‘lda azob chekar emish1.
Misollardan ko‘rinadiki, insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar 
sirasiga kiradi. Shu sababli uni sho ‘rolar davrida sinfiylik nuqtayi 
n aza rid an so x talash tirish m uvaffaqiyatsizlikka u chradi, p ro le ta r 
diktaturasi va totalitar sotsialistik tuzum ham da ular ijodkorlarining 
insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa um r ko'rdi. Sotsializm
www.ziyouz.com kutubxonasi


mafkurachilarining bu boradagi sa’y-harakatlari o ‘sha davrlardayoq 
noilmiyligi, yolg‘onga sug'orilganligi bilan kishilaming g ‘ashini keltirar 
edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan 
o ‘ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki, insonparvarlik 
m arkazida m uayyan shaxs turm og‘i lozim. H ar b ir shaxs insoniy 
huquqlarini ta ’minlash uchun kurashishi — m ana, insonparvarlikning 
asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy m a’naviy qadriyatlam i ustuvor 
deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo 
miqyosida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilmoqda. Zero, biz qurayotgan erkin 
fuqarolik jamiyati nafaqat insonga m ehr-m uhabbat va izzat-hurm at 
ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki shaxsning h ar tom onlam a 
kamol topishi uchun zarur bo'lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni 
yaratishni ham o ‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy 
haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni, ancha keng qamrovli va umumiy 
in tilish b o 'ls a , erk p a rv a rlik ta m o y ili u n in g m a ’lu m m a ’n o d a 
muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy 
huquqi — erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan m uhimdir. 
Zero, erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz m am lakat -
mustamlaka. Erkparvarlik, aw alo, o ‘z millati, o ‘z Vatani erki uchun
qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining 
maqsadi qilib 

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin