Abduvaxidov, D



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə68/119
tarix02.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#137124
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
O’zbekiston respublikasi

-

O’zgaruvchan sarflar

B izning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda ko’rsatilgan (9.4-chizmaga qarang).



Sarflar va daromad, m.s.








































400000







Ishlab chiqarish hajmining qulay diapazoni(maydoni)










350000






























S




300000








































250000










Zararsizlik nuqtaasi






















200000



















Foyda xududi










D

150000

Zararlar xududi






























K

100000




V


































50000








































0

200

400

600

800

1000

1200

1400

1600

1800

2000

2200

2400







Mahsulotning birligi, dona

9.4-chizma. Yalpi foydaning chizmasi (marjinal daromad)


O’zgaruvchan sarflar chizig’i (OK) ishlab chiqarish hajmi birligiga 2000 dona buyum va 100000 so’m hisobidan tuziladi. Doimiy xarajatlar (KD) yalpi (AD) va o’zgaruvchan (OK) xarajatlarning o’rtasidagi farqqa teng.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmining butun maydoni (diapazoni) uchun doimiy qiymat hisoblanadi. 40000000 so’mdagi doimiy xarajatlarning summasi o’zgaruvchan xarajatlarga qo’shiladi, natijada yalpi xarajatlar chizig’i o’zgaruvchan xarajatlar chizig’iga parallel bo’ladi. Marjinal daromad grafikda sotishdan olingan daromad chizig’i (OS) va o’zgaruvchan xarajatlar chizig’i o’rtasida ko’rsatilgan. Mahsulotlarning qulay maydoni (diapazoni) - mahsulotning 600dan 2000 donagacha bo’lgan birligi darajasida joylashgan.
Shunga e’tibor qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni (diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo’ladi. Bu maydon (diapazon)dan tashqarida mahsulot birligiga bo’lgan sotish narxi va o’zgaruvchan sarflar boshqacha bo’ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi:

Хavfsizlik hududi

=

Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

-

Zarasizlik nuqtasidagi sotish hajmi

Хavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti



=


Rejalashtirilayotgan sotish hajmi



+

Zararsizlik nuqtasidagi sotish hajmi









Rejalashtirilayotgan sotish hajmi

Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko’rsatmoqda. U subyektning zarar ko’rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini ko’rsatmoqda.

Mahsulotning rentabelligi

=

Mahsulot birligiga ta’luqli marjinal daromad
Mahsulot birligining narxi

x

100

Umumiy tahlildan so’ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-jadvalga qarang).


9.3-jadval
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilma

Mahsulot

Mahsulotning rentabelligi, %

Marjinal daromad, so’m

Mahsulotning assortimenti tizimi, %

A

62

10000000

20

B

60

20000000

40

V

50

20000000

40

Yalpi marjinal daromad




50000000

100













Jadvaldan ko’rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu mahsulotni ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, rentabellik foyda bo’yicha 14,5dan 16 %gacha o’sgan bir davrda marjinal daromad bo’yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga tushib ketdi. Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma’lumot olingan sari kamayadigan ma’lum boshlang’ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V mahsuloti boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit mahsulotning assortimentini o’zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul qilishga olib kelsa ajab emas.


Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko’p pog’onali segment hisobi ma’lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli qo’llaniladi (9.4-jadvalga qarang).
9.4-jadval
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili

Ko’rsatkichlar

V mahsulotini ishlab chiqargunga qadar, ming so’m

V mahsulotini ishlab chiqarishdan so’ng, ming so’m

Sotishdan tushgan daromad

49500

89500

O’zgaruvchan xarajatlar

19500

39500

Marjinal daromad

30000

50000

Doimiy xarajatlar, shundan:







Тo’g’ri

6800

21500

Egri

16000

16000

Foyda

7200

12500

Ishlab chiqarishning o’rtacha rentabelligi, %

61,0

55,9

Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo’yicha, balki har bir zonani foydaning umumiy summasiga qilgan qo’yilmalari bo’yicha baholanadi. Subyektning marjinal daromadi tizimi bozor zonalari bo’yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa mahsulotlarning turi bo’yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish shakllari ishlab chiqarish bo’linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish narxini belgilashni ham ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo’lim va sex boshliqlarini moddiy rag’batlantirishda qo’llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini hisoblashning eng qulay varianti bo’lib xarajatlarning me’yorlari hisoblanadi.


Shuning uchun foyda summasiga har bir bo’linma tomonidan qilingan qo’yilma to’g’ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo’lgan ta’siri sifatida qaraladi. Nazoratning kam ahamiyatli bo’lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari bo’yicha talabning elastikligini kuzatishdir.
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko’tarilishi - sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o’sishi hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo’yicha aniqlanadi. Agar talab elastik bo’lsa sotishning o’sishi haqiqiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak va narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo’lib xarajatlarni pasaytirish dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy summasining pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qo’yilma va sof daromad darajasi bilan belgilansa, unda o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda o’zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o’sishi uchun qo’shimcha qo’yilma va ishchi kuchi to’plamini talab qiladi, buning natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko’tarilib ketadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin