Tavsifi. Patchkord – bu har ikkala tomonlaridan konnektorlar bilan tugaydigan optik kabel hisoblanadi. U optik krossga optik telekommunikatsion qurilmani ulash uchun qo‘llaniladi.
Patch-kordlar topologiyasi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan kabelning turi bo‘yicha patch-kordlar bir modali "SM" (singl-mode) yoki ko‘p modali "MM" (multi-mode) turlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishda ishlatilgan kabelning turi bo‘yicha patch-kordlar dupleks "DPX" (duplex) yoki simpleks "SPX" (simplex) turlarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, ular konnektorlar turi bo‘icha "FC", "LC", "SC", "ST", "MT-RJ" turlarga bo‘linadi va ulashli (har ikkala tomonlarida bir xil konnektorli) yoki o‘tishli (har ikkala tomonlarida har xil konnektorli) bo‘lishi mumkin.
Tavsifi. LC – biriktirgichlarli optik ulash shnurlari hisoblanadi. Patch-kordlar 9/125 mkm li bir modali toladan, 50/125 mkm yoki 62,5/125 mkm li ko‘p modali tolalardan tayyorlanadi. Kabel uning turiga bog‘liq ravishda sariq, olovrang, oq yoki ko‘k rangli himoya qobig‘i bilan qoplangan.
Tavsifi. Kommutator - tarmoqning bir yoki bir necha segmentlar chegaralarida kompyuter tarmog‘ini bir necha tugunlarini ulash uchun mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi. Kommutator ma'lumotlarni faqat oluvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatadi. Bu tarmoqning boshqa segmentlarini ularga mo‘ljallanmagan ma'lumotlarni qayta ishlash zaruratidan (va imkoniyatidan) xalos qilish bilan tarmoqning unumdorligini va xavfsizligini oshiradi.
[9. Optospan Transceivers - SANSPOT
www.sanspot.com/Optospan-Transceivers-s/424.htm’0) ]
Tavsifi. SFP modullar marshrutizator yoki kommutator slotiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va kerakli interfeys yordamida uni tarmoqqa ulashni ta'minlaydi. SFP konvertorlar issiq almashtirish rejimini (hot-swap) qo‘llab-quvvatlaydi. Turli uzatish muhitlariga ko‘p modali tolaga, bir modali tolaga, o‘ramli juftlikka zarur qurilmalarni ulashga imkon beradigan turli modullar ishlab chiqariladi. 1000Base-LX standartdagi GLC-T modul 5 toifadagi o‘ramli juftlik bo‘yicha ma'lumotlarni 100 metrlargacha masofalarga uzatilishini ta'minlaydi.
[10. Optospan Transceivers - SANSPOT
www.sanspot.com/Optospan-Transceivers-s/424.htm’0) ]
Tavsifi. Bu modul raqamli diagnostika qilish texnologiyasini qo‘llab- quvvatlaydi. Bu texnologiya ishchi harorat, lazer tokining og‘ishi, nurlantiriladigan optik quvvat, qabul qilinadigan optik quvvat, ta'minot kuchlanishi kabi qurilmaning ishlashi parametrlarini real vaqtda kuzatishga imkon beradi.
Parametrlarning o‘rnatilgan ruxsat etilgan qiymatlar chegaralaridan chiqishi haqida signalizatsiya ishlatiladi.